Marufjon Ochilov
Marselo va Ramos Xentoni ortda qoldirishi mumkin, Varan esa Di Stefano bilan tenglashib oldi
Marca nashri “Real” futbolchilarining jamoada o’tkazgan yillarida nechta sovrin yutganini hisoblab chiqishdi. Reyting mana shunday ko’rinish oldi:
Reytingni Qirollik klubi afsonasi Xento 23 ta sovrin (ulardan 12 tasi Ispaniya chempionligi) bilan boshqarmoqda. Hozirgi kunda birorta “Real” futbolchisi Xentodan ko’proq sovrin yutsa ham reytingda Xento birinchilikda qolaverishi mumkin. Chunki u o’ynagan 50-60-yillarda hozirgi futbolchilar kolleksiyasini to’ldiradigan Ispaniya superkubogi, UEFA superkubogi kabi sovrinlar bo’lmagan.
Ikkinchi o’rinni yana bir afsonaviy sardorlaridan biri Manolo Sanchis egallab turibdi (“Real” safida 13 yil davomida sardorlik qilgan). U bilan bir qatorda “Real”ning hozirgi himoyachilari Serxio Ramos va Marselolar turibdi.
Uchinchi o’rinda 19 ta sovrin bilan ikkita afsona turibdi. Ular: Xose Antonio Kamacho (70-80-yillarda to’p surgan) va Iker Kasilyas. Ulardan bitta sovrin kam jamg’argan Chendo ham munosib o’rin egallagan. Chendo Qirollik klubi sharafini 18 mavsum davomida himoya qilgan.
Chendo bilan bir xilda sovrinlarga erishgan futbolchi – bu Karim Benzema. Benzema hali “Madrid” safida yana bir necha yil to’p surishini hisobga olsak, bemalol yuqoriga ko’tarilishi mumkin. Rafael Varan esa 17 ta sovrin jamg’arib, afsonaviy Alfredo Di Stefano bilan tenglashib oldi.
Xuddi men kabi sizni ham Raul va Krishtianu Ronalduning reytingdagi o’rni hayratlantirsa, ajabmas. Ular hisobida 16 tadan sovrin mavjud.
Muallif: Ma'rufjon Ochilov
Fikrlar:



Karantindan keyin bir dinozavrlar yig'ilish qilsak bo'larkan ))))))
Ha Sports.uzda chiqardi maqolalar, hozir Penaltida ishlayapman. Barsafansda ham chiqyapti maqolalar. Endi Rblga ham o'tdim.
Undan tashqari YouTubeda blogerlik qilyapman ))) Bekor qolsa hamma ishni qilaverarkan odam )))


Ma'ruf va aleykum assalom borman uka qalesiz ishlar yaxshimi? Men uzbga qaytganman uka... boshqa saytlarda xam bloggerlik qilyapsizmi yoki boshqa ishlar bilan bandmisiz?


Afsonaning safari qarib, O'z o'rnini davomchisiga ya'ni munosib vorisiga bo'shatib beryapdi...!!!


Yaxshimisiz, Otabek. O'tgan safargi ham bu ham tarjima. O'zim umuman yozmayapman maqola ))) Boshqa saytlarda ham faqat tarjima bilan shug'ullanyapman. Qalamimni charxlasam keyinroq yozarman ))) Ungacha faqat tarjimalar bilan bo'lishib turaman )))))


Assalomu alaykum, aka yaxshimisiz. Bormisiz )))
Bu maqolalarni o'zim yozayotganim yo'q. Tarjima qilyapman. Oxirgi paytlarda o'zim maqolaga o'tirganim yo'q, qalam ham o'tmaslashib qolgandir ) Asosiy mashg'ulotim rus saytlaridan tarjima qilish bo'lyapti. Har holda futbol sohasidan chiqib ketmay deyapman ))) Tarjima bilan bo'lsa-da futbol saytlari ichida bo'lib turay degan maqsaddaman. Biror kun o'zim ham avvalgidek yozishni boshlab qolarman )
O'ziz yaxshimisiz. Dubaydamisiz yoki qaytdizmi?

Bilmadim, balki bular yangi uslibdir, lekin shu uslubga uzog'i 1 soat o'tirib sayqallansa yanada yaxshi bolardi, yana kim biladi(((




Lekin bu sonlar Raulni mavqeiga tasir qilmaydi U afsona!