O'tgan mavsum Xames Rodriges "Real Madrid" goleadorlari orasida to'rtinchi pog'onadan qayd etdi. Zidan Xamesni zaxira o'rindig'iga mixlab qo'yganiga qaramay Kolumbiyalik istedod egasi gollar urishdan to'xtamadi va BBC triosidan so'ng to'rtinchi natijani qayd etdi.
Zidan "Real" shturvalini qo'lga olgach Xames va Xese to'rttadan gol urishga muvaffaq bo'lishdi, bu Xamesning raqobatdoshlari Isko va Lukas Vaskeslardan ko'proq xisoblanadi. Shu tariqa Xames gollar soni bo'yicha jamoaning yangi azolari Marko Asensio va Alvaro Moratalarni ortda qoldirmoqda.
Umumiy hisobda Xames o'tgan mavsum 8 ta gol va 10 ta golli uzatma amalga oshira oldi. Zaxira o'yinchilarining aksariyati bunday natijani orzu qilishlari ko'pchilikka malum. Shu sababli futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kerakligini Zidan va jamoa mutasaddilari yaxshi tushunib turishibdi. Murabbiylar shtabining asosiy maqsadi Xamesni birinchi mavsumdagi jismoniy xolatini tiklash hisoblanadi. Ushanda Xames Karlo Anchelottining "Real"ida jamoaning asisiy figurasi hisoblanar edi.
"Qirollik klubi"dagi debyut mavsumida Xames 17ta gol va 8ta golli uzatma amalga oshirgan edi. Xames xujumchilarga xos o'yin ko'satgan edi va jamoa uchun eng muhim o'yinchi ekanligiga hech kim shubha qilmas edi.
Ayni damda Xamesning asosiy maqsadi asosiy tarkibdan joy olish va murabbiylar ishonchini oqlash hisoblanadi. Agar Xames O'zining birinchi mavsumdagi natijasini qayd etsa Zidanga asosiy tarkib kimga tegishli ekanligini isbotlashi mumkin.
ikerman Ronaldo_7