Zinedin Zidan "Real" - "Arsenal" uchrashuvidan keyin matbuot anjumanida qatnashdi.
"Biz o`yinni yaxshi boshlagandik, keyin bir o`yinchimizni erta yo`qotdik. Biz 11 kishiga qarshi 10 kishi bo`lib xotirjam o`ynashda davom etdik. Yaxshi o`yin ko`rsatdik va ikkinchi bo`limda hisobni tenglashtirdik. Biz haligacha tayyorgarlik bosqichidamiz. Biz bundan yaxshiroq o`ynay olishimizni bilamiz. Bugun bizning o`yinimiz o`sdi"
Asensioning jarohati haqida
“Biz biroz havotirdamiz. Jarohati tizzasida. U to`g`ri kasalxonga ba`zi testlarni topshirish uchun ketdi, keyin nima bo`lishini ko`ramiz... Lekin uning holati yaxshi emas. Biz o`yinchini yo`qotdik va bundan juda xafamiz. Marko uchun afsusdamiz va umid qilamizki, u qizqa muddatda safga qaytadi"
Beyl haqida
“U shu yerda va keyin nima bo`lishini bilmayman. U bugun o`ynadi. U shuni xohladi va o`z ishini qoyillatdi. U yaxshi o`yin ko`rsatdi va undan mamnunman. u bugun biz bilan bo`lishni xohladi. U yaxshi mashq qildi va uchrashuvda o`ynadi. Bir taym o`ynatishni qaror qilgandim. Keyin nima bo`lishini ko`raveramiz. Hech nima o`zgarmadi. Siz holatdan xabardorsiz. U haligacha biz bilan o`sha darajada bo`lib turipti"
“Marseloning o`yinidan xursandman. U yaxshi mashg`ulotda qatnashdi va bunga to`liq e`tiborini qaratdi. Uning qilgan ishidan mamnunman. Men uchun hech narsa o`zgarmadi. U alohida ahamiyatga ega o`yinchi va unga ishonishda davom etamiz"
Mavsumoldi yig`ining foydalari haqida
“Azar, Benzema va umuman barcha shu yerdagi o`yinchilardan xursandmiz. Yoshlar ham ajoyib ishlashmoqda. Mavsumga tayyorgarlik ko`rmoqdamiz. Ba`zilar ko`proq daqiqalrga ega bo`ldi. Bizning 3 ta o`yindan ko`zlagan maqsadimiz shu aslida"
Mariano haqida
“Menda reja yo`q, U biz bilan mashg`ulot o`tkazyapti. Keyin nima bo`lishini ko`raveramiz"
Sebalyos "Arsenal' bilan shartnoma tuzdimi?
"Bu haqida rasmy bayonat yo`q hali. Klub bu ish ustida ishlayapti. Nima bo`lishini keyingi kunlarda ko`ramiz"
Fikrlar:


