Erling Holandni 8 yoshidan to 15 yoshigicha murabbiylik qilgan Alf Ingve Berntsenning fikricha, futbolchi "Real"ga ko`chib o`tishga tayyor.
"Agar dunyodagi eng yaxshi besh jamoaning birida murabbiy bo`lganimda, uni darhol sotib olgan bo`lardim", deydi murabbiy BernabeuDigital.com`ga.
"O`ylashimcha, u "Real"da o`ynashga tayyor va u yerda muvoffaqiyat qozona oladi. Erling endgina 19 yoshga to`ldi va u o`yinini o`stirishi mumkin. Agar grand klublar u bilan shartnoma imzolamasa, keyin attang qilishadi"
"Real"ga o`tib, Benzemaga raqobatchi bo`lishi mumkinligi haqida
"Erling tez va kuchli futbolchi. U kuchli aql va iqtidor egasi. U juda ko`p gol va pass bera oladi. Shu sababdan Erling Benzema bilan o`ynab keta olishiga ishonaman", deydi futbolchining sobiq murabbiyi.