Saydullaev Shaxzod
Oshkora, ahmoqona, to'g'ri haqiqatni himoya qilish lozim!
Men qandayligini tushunaman, negaligini tushunmayman! Tosh qattiq, suv ho'l, tayanchi bo'lmagan narsalar Yerning markaziga intiladi. Azaliy haqiqat haqqoniydir — shu qarorda sobit tur. U haq, bu nohaq, u esa- haq. Oshkora, ahmoqona, to'g'ri haqiqatni himoya qilish lozim!
Aslo falsafadan dars o'tmoqchi emasman, yoki kimgadir haqligimni isbotlab qo'ymoqqa shaylanganim yo'q. Shunchaki, haqiqat, nafaqat reallikda, balki inkoriga aylangan nooreallikda nomoyon bo'lishini keltirib o'tmoqchiman. Muhimi, uni qanday yuzaga chiqara olish va qanday qabul qilishda. Shu xolos!
Futbol mustahkam o'yin, uning qonuniyatlari o'zgarmasdir. To'p dumaloq, maydon tekis, g'olib esa bitta. Muhimi shu. Bu qoida bilan hisoblashish nari tursin, uning o'zagi hisoblanmish musobaqalarning ham o'z qoidasi mavjud. G'alaba qozon va mag'lub bo'lma! Bu - millionlar o'yinining yakdil qonuniyatiga aylanib ulgurgan.
Tosh qattiq, suv ho'l, tayanchi bo'lmagan narsalar Yerning markaziga intiladi.
LaLiga chempionligi uchun kurashni mavsum avvalidayoq tahmin qilish qiyin kechmaydi. Uch jamoa asosiy o'rin uchun loyiqdek ko'rilsa, qolganlari chempionlikdan boshqa chempionlik uchun kurashishadi (ya'ni to'rtinchi o'rin va bu orqali ChLda ishtrok etish). Biroq mavsum boshidayoq chempionlik poygasida "Real"ning imkoniyatlari past baholanayotgan edi. Bunga albatta, oldingi mavsumdagi omadsizlik va nursiz o'yin sabab qilib ko'rsatildi. Zidan "blancos"larga "ikki yarim yillik tush"ni hadya qilib ketgandan so'ng, o'rnini Ispaniya terma jamoasi bilan mag'lubiyatsiz seriyani qayd etgan Lopetegi to'ldirdi. Ispan mutaxassisi Zidan kursini to'ldirdi xolos. Ikki yarim yillik mavsum tush kabi haqiqatdan yiroqlashib ketdi. Ispaniyalik murabbiy hali isishga ulgurmagan joyini o'zidan qolishmaydigan va ilojsiz bosh murabbiyga aylangan Solariga bo'shatib berdi. Boshida natija yomon bo'lmadi, o'yinlar ham me'yoriga tushgandek edi, go'yo. Biroq, Solari tashqaridan qaraganda kuchli, ammo sirtdan qaralganda hali yulduzli tarkibga loyiq emasligi jamoaning "o'xshasada beo'xshov" o'yinlarida ko'rinib qoldi. Bir mavsum avval Chempionlar ligasini uchinchi bor yutgan qirollik klubi g'alabalari, bu beqarorlik oldida unutila boshlandi. OAVda bu mag'lubiyatlar yechimi topilmayotgan "masala" singari turli vajlarga sabab bo'ldi.
Zidan yana taklif etildi. Birinchi taklifdan farqli o'laroq, ikkinchi bor jamoaga qilingan chaqiruv Zidanga ulkan mas'uliyatni yuklashi aniq edi. Rozi bo'ldi, rozilik bildirgunga qadar Zidan hayolidan nimalar o'tgani faqat o'ziga ayon. Fransiyalik mutaxassisning ikkinchi bor jamoani qabul qilib olishi ko'pgina savollarni keltirib chiqardi: Oldingi natijalarni qaytara oladimi? Ikki yarim yilda erishgan natijalar tasodifmidi? Zidan kuchlimi yoki omadli? O'z tasdig'ini kutayotgan savollarning yechimini Zidan birinchi mavsumdayoq ikki yil kutilgan La liga chempionligi bilan isbotlab qo'ydi.
Azaliy haqiqat haqqoniydir — shu qarorda sobit tur.
"Real Madrid" jamoasi 34-bor La Liga musobaqasida zafar quchdi. Ha, sovrinlarga tashna jamoa yigitlari bu ishni uddalashdi. Uddalashdi-yu, barchasini qoyillatgan tarzda amalga oshirishdi. Karantingacha o'z yo'lini tanlay olmayotgan va tanqidlarga sababchi bo'layotgan Zidan shogirdlari 2-davrani ham boshlashni bilmayotgandek edi, go'yo. Faqat 3-davrada (norasmiy 3-davra, karantindan keyingi davr) yo'lga chiqa olishdi. Huddiki, yangi tamirlangan kema singari okean uzra suza boshlashdi. Bu o'sha mashxur kinofilmlardagi kabi fantastika to'qimasidan yiroq tarzda, ammo, butun davrga yetgulik darajada amalga oshirildi.
Aslida, ikki yillik tanaffusdan keyin yana o'z taxtiga qaytgan qirollar haqida mavsum avvalida iliq fikrlar yangrayotgani yo'q, o'tgan mavsum chempioni bo'lmish katalonlarning imkoniyatlari yuqori baholanayotgan edi. Bunga esa yetarlicha sabablar bor. O'tgan mavsumni uchinchi pog'onada yakunlagan jamoa mavsum avvalida ideallik borasida oqsayotgani korinib qoldi. Bu faqat jamoaning o'yinlarida ko'zga tashlanmay, balki futbolchilar tomonidan orttirib olingan turli xil jarohatlarda ham yaqqol namoyon bo'ldi. Chempion bo'lishni yagona yo'li esa — maksimal ochko to'plash. Bunga faqat ikki yo'l bilan erishiladi: yaxshi o'yin yoki matematik hisob-kitob!
Ikki karra ikki besh! Nega to'rt emas?! Yaxshi o'yin namoyish etish chempion bo'lishning asosiy mezoni bo'lsa, hisobni aniq yuritish uning sirtqi mezoni hisoblanadi. Mavsumni Madrid jamoasi kabi yaxshi boshlay olmagan "Barselona", ikki davrada ham asosiy raqibi bilan quvlashmachoq o'ynashda davom etdi. Ikki prinsipial raqib gohida kutilmagan sensatsiya bilan mag'lub bo'lgan bo'lsa, gohida raqiblarni yanchib tashlash borasida bir-biridan o'zishga harakat qilishdi. Faqat... Faqatgina biz ta'rif berayotgan 3-davra mutlaqo boshqacha ssenariy ostida kechdi. Jamoani yangidan qabul qilib Choponlik da'vosi bilan chiqqan (o'z intervyusida shunday degan) murabbiy qo'l ostida davrani boshlagan katalonlar, raqibidan farqli o'laroq kutilmagan natijalarni qayd eta boshlashdi. "Barselona" faqatgina safar bahslarida mag'lub bo'lmay, "Kamp Nou"da ham bu an'anani davom ettirdi. Bu esa azaliy raqibi hisoblanmish "Real"ning foydasiga ishladi. "Qirollik klubi" karantindan keyingi o'yinlar oralig'ida yaxshi o'yin namoyish etish barobarida, hisobni ham to'g'ri yuritayotgan edi. O'nta o'yin va 30 ochko! Bu albatta, chempion bo'lishdagi maksimal hisob edi va buni madridliklar a'lo tarzda bajarishdi. O'ttiz ochkolik o'yin uchun barcha o'yinlarni minimal hisobda yutish "qaymoqranglilar" uchun kifoya qildi. G'alaba qozonishdan ko'ra mag'lub bo'lmaslik asosiy mezonga aylanganga o'xshasada, aslida har qanday minimal g'alaba uch ochko bilan siylanishini Zidan shogirdlari ko'proq anglashdi. Vaholanki, "Barsa" pandemiya tufayli mavsumni tugatish borasida bosh qotirayotgan La Liga mutassadilari tomonidan har qanaqasiga chempion bo'lishi aniq bo'lgan yagona jamoa edi. Yakun — Real chempion, "Barsa" emas! "Barselona"ning ochko yo'qotishlari karra jadvalini ham o'zgartirib yubordi.
U haq, bu nohaq, u esa- haq.
Butun dunyo ahlini "Liverpul"ning chempionligi, qolgan mamlakat g'oliblariga qaraganda ko'proq qiziqish uyg'otdi. O'ttiz yillik tanafusdan so'ng Liverpul shahriga Angliya chempionligi qaytdi. Kloop shogirdlari mavsumni ajoyib tarzda yakunlash bilan birga, Primer ligadagi kam sonli uchraydigan hodisalardan birini amalga oshirdi— Chempionlik masalasini erta hal etdi. "Qizillar" jamoasi haqli tarzda chempionlik poygasini erta yakunladi. Hujumkor o'yin namoyish etdi, ko'p gol urdi, himoyalanmadi, butun boshli mavsumni shu tarzda o'tkazdi. Kloop boshchiligidagi jamoa butun futbol olamiga yangicha qiyofa olib kirdi.
Boshqa mamlakat jamoalarining g'olibligi yengil tarzda qabul qilindi. Bundesligani o'ziniki qilgan "Bavariya" sermahsul o'yin namoyish etib chempion bo'lgan bo'lsa, A seriyada Turinning "Yuventus"i ketma-ket to'qqizinchi bor g'oliblikni qo'lga kiritdi. To'liq yakunlanmagan Fransiyada "PSJ" g'olib deya e'lon qilindi. Faqat Ispaniyada qolgan chempionatlardan farqli ravishda, tur yakuniga qadar g'oliblik uchun kurash kechdi. "Qirollik klub"i La Liganing bu mavsumi uchun loyiqligini ko'rsatib qo'ydi.
Kloop jamoasning hujumkor o'yini raqib jamoalarning muxlislarini ham ohanrabodek o'ziga maftun etayotgan vaqtda Zidan shogirdlarining g'alabalari tokchadagi o'qilmaydigan kitob singari esdan chiqib ketdi. Raqiblar darvozasini ayamaydigan jamoa, darvoza dahlsizligini ustun qoya boshladi. Hujumchilar vazifasini himoyachilar bajara boshladi. Bu albatta, ehtiyotkor klubga aylangan "Real"da Zidanning imzosi borligi yaqqol namoyon bo'ldi. Zidan "Real"niki emas, "Real" fransiyalik murabbiyniki ekanligi amalda tasdig'ini topdi. Ha, jamoa zamonaviy futbol talabini, ya'ni Zidan tushunayotgan talabni bajarishga o'rgandi. Bu esa doimiy natija bera boshladi. Savol tug'iladi: Zamonaviy futbol talabini kim ko'proq tushunmoqda? Chiroyli o'yin talabgorlarimi yoki natija? Bu huddi, uyali aloqa vositalariga o'xshaydi. Kimdir Apple kopmpaniyasining "Iphoneni"ni tanlasa, yana kimdir Galaxy tarafdoridir. Ulardan birini tanlash har kimning tanloviga bog'liq!
Oshkora, ahmoqona, to'g'ri haqiqatni himoya qilish lozim!
Bu rejani yakunlay olmadim. Balki, yuqoridagi gaplar umuman haqiqatdan yiroqdir, yoki qalamim o'tmasligi sabab, to'liq tushuntirib berolmagandirman. Shu sabab, Sizni tinglashni, fikrlaringizni qolqdirishingizni so'rab qolaman.
Muallif: True friends don't judge each other. They judge other people ... together
Comment:





O'qib turib javob yozmagan Yulduz Usmonova korochchi) ))

2021-yilning boshida yangiliklar bo'ladi nasib xudo xohlasa. O'sha dinazvrlardiyam, tiranazavrlardiyam uyg'otishga harakat qilamiz)))
Hammaga omad, ishlarga rivoj!!!

2013-yilda tashkil topgan bu jamoa, bu oila 2018-yilgacha yuqori notada faoliyat olib bordi, undan keyin esa ko'rib turganimizdek! Qayerda xato qildik degan savol o'ylantiradi kishini? Menimcha hech qayerda(!) Shunchaki zamon, davr o'zgargani, insonlarning qisqa vaqt sarflab katta natijalarga erishishga bolgan intilishlari, o'z-o'zidan sayt(lar) ga bo'lgan e'tiborni ma'lum darajada kamayishiga olib keldi. Telegram, Insta va allambalolar xullas...
Ilgari esimda saytga ilk qadam qoygan davrlar, kimdir ishda boladimi, kimdir o'qishda boladimi farqi yoq, saytda bugun loyiha, qanaqadir o'yin yoki davra suhbati bolsa qanaqa ish bolsa ham tezroq yakunlab, saytga kirishga intilardi(esimda o'shal damlar degim keladi..)
Gapirgan bilan gap ko'p albatta, hammasi ilgarigidek bo'lmasa ham, yana shu damlarni har har zamonda eslashga, eslatishga harakat qilamiz...








Voy mani optimist ukatoylariiiiiiim)))






Muallifdan uzur so'ramayman, chunki vaqtida mandanam uzur so'rashmagan)




Kezi kelsa xujumkor, kezi kelsa sal ximoyaviy òyin qilishi mumkin. Lekin barcha òyinlarini natijaga boģlabqòyish notoģri.
Men solishtirmayman uni Pep, Klop, Maurlar bilan.
Xamasini òz yòli va uslubi bor.
Biri qilgan natijasini boshqasi takrorlay olmasligi mumkin.
Maurni Portu blan olgan Chlsi, Gvardiolaning bir yilda 6 ta kubok yutgani yoki Klopni eng qiyin chempianatda aqil bovar qipmas darajada raqiblardan òtibketib chempion bòlishi...
Pep yoki Zidan xozir Portuga borib Chl oberishiga ishonish qiyin.
Yoki Maurni, Pepni qòlidaxam paytida daxshatli jamoa bòlgan lek Zidan natijasiga yaqin kelaolmagan(boshqasiyam)
Xullas unday bòlsa bunday, bunday bòlsa unday...
Realda ishlar ekansan natija talab qilinadi, bu birinchi òrinda!
Zidanni qòlidan kelmaydi deysizmi xar òyinda 4/5 talab gòl urib yutish? Keladi albatta nu 50/60 ta òyinlik mavsumni finishiga bunaqa òyin bilan qanday xolatda yetib boraoladi?
Anchelottining Reali esingizdami?(2014/15 yilgi mavsum) raqiblarni ayamasdi lekin oxriga borib futbòlchilar charchoq alomati sabab kerakli oyinlarni berib qòydi.
Yoki Maurning daxshatli reali?(2012) faqatgina La liga blan cheklandi.
Bu yil Liver chempion bòlgani bilan Pepni citysi yoribyubordi nu rezultat...?
Shunday ekan Realda murabbiy bòlsak masuliyat xissi 2 baravar oģir chem boshqa klublarga nisbattan. Bu yerda faqat bir imkon beriladi sovrin yutmadingni "tepilasan"!
Shuni xisobini oladi Zidan, òyinnixam qiladi, natijanixam dòndiradi!
Xarqanday xolatdaxam Zidanni olqishlayman!
U keragini isbotlabqòydi!




(Qarshi fikr bildirgan kal)))


Bro men ham shu fikrdaman)))
Bekor tugatmadilarda oxirgi rejani))


Do'stim, yaxshimisiz? Ishlariz joyidami? O'zbekchani o'rganishim sizga yoqmayaptimi?))))


Kimlarni koryapman, yaxshimisiz


Maqola shaxsan manga yoqdi. Hurmat)



O'sha oddiy savol: " Mavsum yakunidagi titullar afzalmi yoki.....? "
Login
Kuchli Fikrlar (qaytmoqda) 50
Oshkora, ahmoqona, to'g'ri haqiqatni himoya qilish lozim! 49
Muxlislarsiz futbol. «Barselona» uchun foydami yoki zarar? 14
Sirli qurollar: La Liganing ushbu mavsumdagi eng yaxshi zahira futbolchilari 3
Marselo va Ramos Xentoni ortda qoldirishi mumkin, Varan esa Di Stefano bilan tenglashib oldi 13
Mushuk, askar va kataloniyalik. “Real” tarixida eng yaxshi darvozabon kim? 16
"FuTBoL VaQTi" Gazetasi: Maxsus son! davomi... 323
Web developer : www.kenjebaev.uz