Kazakov Umidshox
"FuTBoL VaQTi" Gazetasi: Maxsus son! davomi...
Eslab eslab...
Daraxt - tabiatning ajoyib bir ne'mati va qaysidur ma'noda bir mo'jizasi. Ko'chalar to'la turli xil daraxtlar, biroq hech shu daraxtlar haqida chuqurroq fikr yuritib o'ylab ko'rganmisiz, unga qaraysizu, "chiroyli ekan" yoki boshqa bir jumla bilan oldidan o'tib ketaverasiz, mevasidan yeysizu "shirin ekan" deb ketaverasiz, aslida u daraxt qanday daraxt?
Uni kim ekkan?
Uni kim yoki kimlar parvarish qilgan?
Azizlar, uning ildizi bor, ildiz tanaga quvvat beradi, uning tanasi shoxlarga quvvat beradi, uning shoxlari barglarga quvvat beradi, uning barglarining soyasida kurtaklar paydo bo'ladi, kurtaklar gul bo'lib ochiladi, gullar esa meva beradi. Ko'ryapsizmi, hammasida bir-biriga chambarchas bog'liqlik bor, siz-u -bizni bir safda qoyib, bir oila qilib birlashtirgan va birlashtirishda davom etayotgan bu "oliy maskan" ham huddi "boqiy meva" berib, gullar ochib turadigan misli daraxt kabidir.
Ushbu daraxt mevalaridan har doim tanavvul qilish uchun ba'zida uning shoxlariga tosh otarkanmiz, ba'zida uning shoxlarini sindirishga harakat qilarkanmiz-u, uning "qorovul"i o'sha "bezorilar"ni quvib solsa ham, boshqa "niqob" kiyib olib yana qaytaverarkanmiz. Lekin ushbu "buyuk daraxt"ni dunyoga kelishiga sababchi bo'lgan inson, uning ildizini yerga ekkan insonni, unga mehr berib, uning kelajakda barchaga birdek manzur keladigan qilib tarbiyalashda tun-u kun ishlagan, peshona terisi bilan topgan "chaqa"larga o'sha "daraxt" uchun "o'g'it"lar berib parvarish qilgan insonlarni hech bir yodga olib ko'rdingizmi?! Uzoq yillar davomida ushbu "daraxt"ga mehnati sindan va bu mehnat qilishda davom etayotgan odamlar kim ekanligini, o'sha lan'ati internet degan balodan hech izlab ko'rdingizmi?!
Yo'q, hech unday qilmagansiz, chunki "siz" uchun, xa qo'shtirnoq ichidagi "siz" va "sizlar" uchun bu narsa qiziq emas, nima kerak-a bu to'g'rimi?
Mevasini har kuni yeysizda, danagini olib xohlagan joyga otib ketaverasiz. Ey odamzod, shu danagini otmasdan daraxtning mevasidan tanavvul qilish uchun kelgan "yangi bolakay"larga: "Ey do'stim qara mana bu mevaning bu danagida uzoq yillar mehnat qilgan mana shu insonlarning nomlari bor ekan, sen ham bu mevalardan yeda, yangi kelganlarga ular haqida so'zlab ber"—deyish qiyin-a, shunday emasmi?!
Mana nega insoniyat hozirgi kunda halokat yoqasiga kelib qoldi. Alloh tomonidan o'sha berilgan rizqqa qanotlanmaganlikdan, sabrsizlikdan, isrofgarchilikdan, o'zligimizni unutib qo'yganligimizdan ham mana shunday og'ir kunlar keldi...
Ex, odamlar, odamlar...!
Yuqorida keltirib o'tgan "buyuk daraxt"imizni parvarishlab shu kunlarga olib kelgan va bu yo'lda davom etayotgan insonlarni, ulardan keyingi avlod "dinazavr"lar deb nomlaganmiz))) Buning sababiga qisman hikoyamiz so'ngida ham to'xtalib o'tamiz. Xullas hozir siz bilan o'sha mashxur "dinazavr"larning saytimizda "eng gullagan yoshlik chog'lari"ni, ularning qo'ygan ilk "qadamlar"ini, ularning esda qolarli kunlarini, yelkama-yelka turib qanday "jang" qilganliklarini, xullas barcha-barchasini eslab yodga olamiz. Yo'q-yo'q aniqrog'i "dinazavrlar"ning o'zlari barchasini yodga olishishadi. Chunki, biz noto'g'ri gapirib yodga olsak, ular bunda jim qarab o'tirishmaydi...)
Bobojonov: Bundan roppa rosa 10 yillarcha oldin men Realmadrid-uz.at.ua nomli saytga FK.uz sayti orqali adashib kirib qoldim. Aniq esimda FK.uz saytida ko'pchiligimizga yaxshi tanish bo'lgan (eskilar taniydi albatta) NEO_GALLACTICOSning ham profili ham bor edi. O'sha yerda "Real"ning O'zbekistondagi sayti borligini bildim va kirdim. Dastlab oddiy user sifatida bir yilcha kirib yurdim. Hammani tanidim, bildim so'ngra ushbu saytga blogger sifatid faoliyatimni boshladim. Orada sayt adminlari ishlari sababli saytda xabarlar chiqmay qo'ydi, men esa saytni blog bo'limida xabarlar kiritib saytni userlar bilan ushlab turmoqchi edim. Sayt admini bilan bog'landim va O'zbekistondagi 1-raqamli "Real" Saytiga admin bo'ldim. Saytga yaxshigina auditoriya yig'ildi sayt oldi qatorlardan edi, orada sayt UZ domenini ya'ni Halamadrid.uz domenini sotib oldi. Ammo sayt egasi saytni HalaMadrid.uz domeniga o'tkazgacha yangi sistemaga o'tkazish bosqichida bir necha oy sarflandi bu orada muxlislar mening pochtamga tinmasdan xat jo'natishardi, sayt qachon ishlashi to'g'risida. Sayt ishladi ham lekin avvalgidek emas, har kuni turli xil nosozliklar bilan ishladi. Juda ko'p userlarni yo'qotdik, oxir oqibat men bunga chidab turolmadim va sayt egasi bilan kelisha olmagan xolda saytdan ketdim. Shu bilan men ham bir necha oy dam oldim. Yangi sayt ochish g'oyasi mening atrofimdagilar menga taklif qilishdi. Xususan Jose-Realning fikrlari bunda katta ro'l o'ynadi. Sayt ochishga qaror qildim, buning uchun eski saytda birga ishlagan akamiz Zidane_1991 (Abdurazzoq aka) bilan kelishib Nyuton bilan bog'lanib saytni ochishga qaror qildik. Sayt ochishda esa ma'naviy va moddiy yordami tekgan Feruzbek_fc_real, Jasur_Real, BEK_REAL, Boburbek(RAMOS_93), Realstar, Jose-Reallarga tashakkurimni bildiraman. Roppa-rosa 2 oydan so'ng RealBlancos.uz sayti tayyor bo'ldi, bu orada bizni juda katta xayojon bosar edi. Odnoklassnikida eski userlar bilan sayt ochilishi kutardik. Nixoyat 2013-yil 9-sentyabrda RealBlancos.uz sayti O'zbekiston saytlar ro'yxatidan o'tkazildi va 15-sentyabrdan faoliyat boshladi. Sayt ochilganiga 1 hafta o'tmasdan saytda juda katta auditoriya va kommentlar soni mingtacha yetdi. So'zimni davom ettiradigan bo'lsam, menga bu blog emas bunday bloglardan 3, 4 tasi ham yetmay qolishi aniq.
Menda eski userlarning saytga dastlabki qadam qo'yishlari tanishganimiz haqida gapirib berishimni so'rashdi. Ishoning menda yurtimiz bo'ylab har nuqtasida shunchalar futbol muxlisi tanishi ko'pki buni bu yerda yoritib bera olmay, bunga vaqtimiz ham yetmaydi. So'zimning oxirida, albatta saytning bu darajagacha yetishiga siz aziz userlarning mehnati katta bo'lgan. Biz faqat user uchun ishlaymiz, InshAlloh bu sayt oxirgi user qo'lguncha ishlaydi.
RealBlancos saytida dastlabki ro'yxatdan o'tgan 10 ta user:
Jose-Real
KAKA
Boburjon (RAMOS_93)
Feruzbek_fc_Real
ISKO_1994
isco_1999
Real2233
RONALDU17
MADRIDista!
RONNI_7
isco_1999: Ozgina hayajon bor. Sayt uchun nimadur yozmaganimga ancha bo'ldi. Yozayabmanu xotiralarim daftar varog'i yoki kinolardagidek bosh qahramon o'limi oldidan hayot lentasi ko'zini oldidan o'tgani kabi saytdagi o'sha barcha eslab zavq oladigan davrlar ko'z oldimdan o'tmoqda. O'sha vaqtlar internet rivojlanib ketgan, odamlar ijtimoiy tarmoqlardan ko'ra u yoki bu saytlarda faol bo'lgan chatlar gullagan davlar edi. Men ham o'z bilmagan tasodif tufayli halamadrid.uz saytiga kirib qolganman. Menimcha, bunda googlening "qidiruv" tugmasining hissasi katta. O'sha vaqtlarda endi-endi internetga kira boshlagan vaqtimda qiziqish tufayli Real Madridning rasmlarini googlega yozib kompyuterdan papka ochib yuklab kolleksiya qiladigan edim. Shunday kunlarning birida halamadrid.uzning vaqtinchalik ishlab turgan domeniga kirib qoldim. Shu saytda muntazam foydalanib keladigan bir user, nicklari adashmasam Karim_Benzema_9 edi, shu inson bilan odnoklassniki.ru'da gaplashib qoldim (qo'limni yuzim bilan to'sib olgan holda aytamanki, ha men odnoklassniki.ru'ga kirganman)), registratsiyadan o'tish saytda o'sha vaqt juda qiyin edi, shunga shu inson menga saytdan isco_1999 deb profil ochib bergan (bir yo'lga nickim tarixini ham aytib ketdim)). O'sha vaqta kirib yutgan "dinazavr"lar eslasa kerak, bu nick saytda tinmay yozishi, faolligi bilan tez ko'zga tashlandi. Hattoki gazetada ham e'tirof etilgan edim, shunisi esimdan chiqmaydi. Sekin-sekin u yerdagilar bilan muloqotni yo'lga qo'ydim, boya aytganim ok.ru'da suxbatlashib turardik. Va shu orada sayt halamadrid.uz' domeniga qaytdi va o'rtada men u qadar chuqur bilmaydigan qandaydur sabablar bilan sayt admini Ronaldu_7 yangi sayt ochishlari haqida suxbatlarimizdan birida aytib o'tdilar. Sayt nyuton bilan hamkorlikda ochilayotgan edi. Shu ok'ru da "dinazavrlar" bilan birgalikda sayt nomini tanladik, sayt ochilishi bilanoq unga barchamiz "rekord osh"dan osh olish uchun yugurib kelgandek yopirilib kirdik. Shu saytning bloggeri Jose_Real bilan suxbatlarimizni birida blogerlik tanlovi o'tkazilishi haqida xabar topdim. Unda ishtirok etish istagini bildirdim. Keyinchalik o'tkazilgan tanlovda haminqadar yozilgan "maqola" bilan sayt foydalanuvchilarning qo'llab-quvvatlashi orqali foaliyat blogerlik faoliyatimni boshladim. Shu vaqt davomida sayt orqali juda ko'p qadrdonlar, tanishlar ortirdim. Unchalik qiziq bo'lmagan "tarix"ni yozish davomida o'zim o'sha davrlarga qaytib mazza qildim huddi yoshligini nabirasiga aytib berayotgan bobo kabi...
MaDRiSsiMo :Assalomu alaykum barcha barchaga. Kirib kelgan barcha sayt axlini Sayid Ul Ayyom Mohi Ramazon bilan Muborakbod etaman. Gap boshida ushbu loyihani boshlagan va davom ettirayotgan barchaga tashakkur bildirib qolaman.
Bu saytdan butun umrga minnatdorchilik hissi shukronalik bildiraman. Sababi shu sayt orqali bugungi kunda (ismlar va niklarni aytishga jazm etmadim) juda xam koʻplab doʻst desa kamlik qiladigan aka-ukalar bilan birlashganmiz. Bu sayt avval boshida halamadrid.uz boʻlib faoliyat yuritayotganda birinchi boshida roʻyxatdan oʻtish murakkab edi. Shunda sayt admini Bobojonovning oʻzi Menga registratsiya qilib bergan. U vaqtlarda 2013-yillar Janubiy Koreyada oʻqishimni davom ettirar edim va Futbol tomosha qilish bir muncha murakkab Koreyadagi doʻstlar unchalik futbolga qiziqmas edi. Xumor bosish uchun avval boshida xursand boʻlgan edim. Sababi bu sayt bilan bir vaqtda real-madrid.uz xam faoliyatini davom ettirardi. Yomonlash boʻlmasinku- u saytda fikr almashish juda qiyin va tor doiradagi fikrlar boʻlar edi.Soʻngra halamadrid.uz menga nomalum boʻlgan sabablarga koʻra faoliyatini vaqtinchalik tugatdi va allaqachon saytda bir nechta yuzerlar bilan ogʻa inidek boʻlib ketgandik. Qisqa tanaffusdan soʻng sayt realblancos.uz boʻlib qayta faoliyatini tikladi. Sayt mana shundan keyin oʻzining avjiga chiqdi deb ayta olaman. ))
Aniq oʻsha kunlarni eslaymanki sayt hech qachon egasiz qolib ketmasdi. Chunki saytning oqibatli yuzerlari tunni kunga ulab xoh tungi 2-3 boʻlsin ,,Qorovullik" uchun saytda qolishardi))
Hozirgi vaqtgacha deyarli har kunimni shu saytdagi ogʻa inilarim bilan oʻtkazaman va xatto shu sayt ortidan Qoʻshni mamlakatlardan kelib koʻrishganmiz (chin haqiqat) Tasdiqlaydiganlar bor )))
Balkim meni bu saytda koʻpchilik tanimas lekir oʻzimga yetarli darajada birodarlar ortirdim shu vaqtgacha va taqdirdan minnatdorman. Bu saytda balki shu jurnal orqali topishib qolarmiz deyman va kontakt yoʻqotib qoʻygan qadrdonlarim ham bor. ))
Misol uchun orzurealjon, Boburjon_93 feruzbekreal, Mansur_92 Jamoliddin Nedved, floydmayweather va bir qancha qadrdonlar aloqaga chiqishsa xursand boʻlar edik. Nomlarini eslab qola olmaganlarimdan oldindan uzr barchangiz yurakdasizlar )))
MISter_MADRIDista: Shunday qilib, yoshligim o'tgan sayt bilan bog'liq zerikarli tariximni boshlasam :) Saytga kirib kelishim ko'pchilikdan farqli bo'lgan. 2014-yilda asosan Real-Madrid.Uz saytida yurib, newsmakerlik qilardim. RBL haqida bilmaganman. O'sha yil oxirlarida sayt ishlamay qolib, u yerdagilar ommaviy RBL'ga ko'chib o'tgandi, shu qatorda men ham. Boshida bizni xushlashmagandi ko'pchilik, chunki RBLdagilar Real-Madrid.uZni "detskiy sad" deb hisoblashardi :):) Bir ikki oycha kuzatib, noyabrda ro'yxatdan o'tganman. Faol bo'lishni esa 2015-yil o'rtalarida boshlaganman. O'sha payt 14yosh bo'lganim uchunmi, reytingda ko'tarilish uchun tinmay 400-500 talab komment yozardim har kuni :) Keyin, kubuk va Top10likka kirish uchun "roman komment"lar yozishni boshlaganman. Tan olaman, yoshimni yashirganman ancha vaqtgacha, o'sha payt yosh bola deb "krug"ga qo'shishmaydi deb o'ylagan bo'lsam kerak :)
4yil ichida ko'p voqea va loyihalar bo'lgan. Orada, Dream Team 2-mavumda finalga chiqdim va o'xshamagn "Players Tribune" loyihasini boshlab ko'rdim) Lekin eng qiziq loyiha men uchun 2ta: RBL News va Big Game. RBL News mualliflari chin dildan ishlashardi, ayniqsa men har sonidagi kommentlardan yulib olinib, hazl izoxlar yoziladigan bo'limi yoqardi :) Big Game: Gallacticos-NewStars uchrashuvi. Shuni deb sayt ikkiga bo'linib ketishiga sal qolgandi :) Hammasi super darajada o'tgandi, o'yindan oldingi matbuot anjmuani, har bir o'yinchi va tashqaridagi muxlislar uchun formalar yasilib, hamma o'zining "ava"siga qo'ygandi. Har ikkala jamoa ham, o'zining whatsapp guruhini tuzib, har bir detal, savolga javob ustida jamoa bilan ishlagandi, adashmasam :) 2 uchrashuvni sal kam 100 000 kishi ko'rib, 5000ga yaqin komment qoldirgandi.
O'z vaqtida Realstar, Ronaldo_9, CRonaldu88, Xese_Zaxa, Ronaldo1985, Don_Ronaldo, Xushnud07, JR_10, B_B_C, BinGo, real_2013, Ilhomdo2000, Muslim_7, Umid-Shox, MalikReal7, Marsik_1996 va men hozir eslay olmagan juda ko'plab userlar saytni gullatishar edi. Ko'pchiligi bilan yaqin bo'lganmiz.
Rondo: Assalomu Aleykum do'stu-ukalar.. Ramazon oyi muborak azizlar.. Mana yana ushbu yerda mehmonga taklif olganimdan juda xursandman.. birinchi navbatda Ramazon amalini bajarayotganlarga Olloh sabr bersin..
Endi sportga qaytsak.. Biz nega bu yerga yeg'ildik.. albatta futbol sporti deb.. Ushbu sport borasida muhokama qilish uchun.. Demak bo'lgan va bo'layotgan futbol baxslarini sizlar bilan bo'lishish uchun Barsa muxlisi kamina mehmon bo'lib ushbu saytga a'zo bo'ldim..
Yaxshi kutib olishgani uchun sayt mutasaddilariga katta raxmat aytaman birinchi navbatda va saytning boshqa mezbon foydalanuvchilariga.
Aslini aytsam men ushbu sayt “egizagi” bo'lmish o'zga saytdan mehmon bo'lib kelgandim.. Maqsad: saytlar aro munosabatni yaxshilash borasida ishlash edi.. Chunki u paytlar o'zaro munosabat yaxshi emas edi.. Mehmon bo'lib kelganlar o'z hurmatini bilmasdi yoki tinglashni xohlashmas edi.. Aynan shu narsaga chek qo'yish uchun saytga tashrif buyurdim.. Boshida meni ham uncha tushunishmadi.. Qo'shni sayt suyukli jamoasi muxlisi bo'lganim bois.. Ammo to'g'ri munosabat ila sekin sekinlik bilan kelishishga harakat qildim.. Bir muncha epladim nazarimda o'zim uchun.. Ular ham muxlis biz kabi.. Ollohga shukr chiqishib ketdik.. Ayrim mezbon foydalanuvchilar uchun qadrdonlardek bo'lib ketdim.. Ular orasiga Komiljon, AbuBakr, Baxodir, Abdurazzok, Umidjon, To'xtasin, Islombek, Xudoshukur, Dostonbek va boshka esdan chiqqan yuserlarni qo'shsak buladi.. Ular bilan har kungi baxs-tortishuvlar hali hamon esimda.. O'sha baxslar tufayli mana haligacha boshqa elektron tarmogladayam davom etmokda futbol borasidagi “jang”lar.. Sog' bo'lishsin..
Bazida ko'ngilsiz holatlar, tortishuvlar ham bo'lib turgan.. Yoshim katta bulib turib yosh foydalanuvchilar bilan ko'p bora tushuntirish ishlarini olib borishimga ham to'g'ri kelgan.. Asabimga tegadigan gap o'qisam ham o'zimni bosishga harakat qilganman.. Qo'y ular yoshku deya.. Axir Internet orqali zo' ravonlik bemani ish.. Ularga ikki sayt ham O'zbeklardan tashkil topganini anglatish uchun qancha energiya sarflaganimni aytsam ex-xeye.. Lekin shukr til topishib ketganimiz uchun..
Hozirni kunda ham ushbu inoqlik davom etayotgan bo'lsa ajab emas.. Shuncha mehnat bekor ketmaganidan xursand bulishdan boshka chora yuk.. Inoqlikga ko'z tegmasin..
So'zim yakunida mana ushbu muborak oyda kimki yaxshi niyat qilib amalini to'g'ri qilsa katta savoblar egasiga aylanajak.. Raxmat....
Realstar: Avvalo hammaga assalomu aleykum. Avvalo Ushbu sayt uchun mexnat qilayotgan va saytni shu kunlarigacha yetishiga mexnat qilgan barchaga raxmat aytmoqchiman. Endi sayt xaqida aytsam, saytni ochilishidan oldin Halamadrid.uz.at.ua da ko'pchilik bilan gaplashib yurardik. Ayrim sabablar tufayli Shoxzod o'zi boshqa sayt ochishga va uning nomini muxlislarning tanloviga qo'yib berishga qaror qildi. Sayt ochilishidan 2-3 kum oldin registratsiyadan o'tdik va ochilish marosimiga tayyor boldik. Avvalgi saytdan deyarli barcha ushbu yangi saytga o'tganigami yoki yangi saytni rivojlantirish ishtiyoqi shunchalik kuchli bolganigami saytda juda tez inoq va axil bolib ketdik. Yangilar xam eskilar xam deyarli bir xil fikrlar edi. Fikrlar shu darajada ediki xatto tortishuvlar xam faqat futbol xaqida edi. Juda ko'p yuzerlar bilan aka-ukadek yaqin bolib kettik. Xatto bir necha bora xayotda xam uchrashuvlar, futbol o'yinlari va choyxonalarda oshlar tashkil qilgan vaqtlarimiz xam boldi. Toshkentda Namangan Andijonda uchrashuvlar oyinlar tashkil qilib so'ng choyxonada futbol xaqida Real Madrid xaqida suxbat qurardik. Namanganda esda qolgan saytda xam o'sha uchrashuvlarda xam faol bolgan Sherzod aka, Maqsud aka va yana bir qancha yuzerlar bor. Toshkentda Sunnatillo Bekzod Jaloldo va yana ismlari esimda yoq ancha yuzerlar bilan ko'rishib o'tirganmiz. Saytdan eng esda qolarlisi va muximi Xushnud degan ukamiz Qo'qondan meni to'yimga tashrif buyurgani bolgan. Avvallari saytda xuddi oiladek edik desam xam boladi, sababi birovni xursandchiligidan xursand bolardik muammosidan qayg'uga tushardik. Saytni rivojlantirish uchun qo'limizdan kelgan ishni qilishga xarakat qilardik newsmaker desa xam blogger desa xam bolaverardik. Xatto ushbu sayt orqali bazi loyixalar otkazishga xam muvaffaq boldim. "Big Game" va "Kuchli fikrlar o'nligi" saytda ancha rivojlandi va qachonki saytga kerak bolsa qaytarishga xarakat qildim. Vaqt otganini bilmey xam qolardik. Lekin baribir vaqt oliy xakam degani bor gap vaqt otdi biz xam oila qurdik bola-chaqalik tashvishli boldik. Ola xorjin boshimizga tushgandan keyin saytga xam kirishlar faolliklar kamaydi. Bizni o'rnimizni yoshlar egallamoqda. Lekin bu degani umuman kirmaymiz degani emas albatta. Biz doim saytdamiz lekin oldingidek fikr yozib faol bolishga vaqt biroz ozroq(((. Saytda bir qancha yaqin insonlar bor ularni nomma-nom sanab berolmayman sababi ular shunchalik kopki sanog'ini bilmayman)))... Avvalo shunday tarixni yodga solganilar uchun shu gazeta mualliflariga xam raxmat. Shunday ulug' kunlarda barchani tutayotgan rozalari qabul bolsin. Alloh shunday sinovli kunlarda barchamizga sabr bersin. Hammani ishlariga omad sog'-salomat bolilar.
ikerman: Taxminan 2013-yillar edi, qaysidur "Real Madrid" muxlislari saytida yangiliklarni o'qirdim. Bir yangilik tagidagi komentda muxlislar Realblancos.Uz haqida gapirishayotganini ko'rib qoldim. Saytga kirdim, eski saytdan ancha yaxshi, tartibli edi, ma'qul keldi. Keyin Realblancos.Uz da deyarli har kuni yangilik o'qishni boshladim. Bu orada admin Ronaldu_7 (Bobojonov)orada aktiv userlarga Kubokchalar tarqatishni boshladi. Shu kubokchaga rosa xarakat kildim oddiy user sifatida ololmadim afsuski)) shunda Bobojonov (ush paytdagi Ronaldu_7) ga futbol qoidalariga bag'ishlangan viktorinalar taklif qilishni boshladim. Sayt muxlislariga rosa yoqgan edi viktorinalar lekin negadir faqat bir narta o'tkazdik xolos. Kubok uchun birinchi harakat o'xshamadi. Orada saytda moderator kerak bulganligi haqida maqola chiqdi. Bu kubokni qo'lga kiritish uchun ikkinchi imkoniyatdek tuyuldi menga. Admin bilan gaplashdim moderator bo'ldim (rbl tatixidagi eng ko'p xato bilan maqola chqaradigon moder). Taxminan bir yilcha moderatorlik qildim orada ancha yaqin do'stlar ortirdim. Bazilari bilan ko'rishdik bazilari bilan hozircha ko'risholmadik.
Ilhom3031: Adashmasam 2014 yilning yanvar fevral oyi edi. Mail agent moda bo'lgan zamonlarda, Real chempionlar ligasini yutolmay yurgan paytlarda Jose-Real yani Xudoshukur chatdan yozib qoldi. Ilhom Aka nimaga blogger bo'lmaymiz deb?
O'shanda mendan blogger chiqarmikan deb gapirganim kechagidek esimda. Shundan keyin chatdagi gaplar uning o'sha vaqtlardagi Realblancos_uz xabarlari loyihasida chiqib ketgandi. Oradan ko'p vaqt o'tmasdan blogger bo'ldim. Jose-Real bilan hamkorlikda maqola yezgandik. Ilhom_Joze nomi bilan ancha ijodlar qildik. Ilk maqolamiz Mening orzu kilgan kasbim bu-murabbiylik edi. Joze Real bilan yelkama-yelka turib ijod qilganmiz. Shu blogger bo'lishimni Real Madrid ham kutgan shekili, 12 yil armon bilan kutgan CHLsi kubogini muxlislariga sovga qilgan. Shunaqa gaplar . Shunga ham mana 6 yil bo'libdi. Hozirgi kunda ham imkon qadar sayt foydalanuvchilariga maqolalarimizdan ulashib kelmoqdamiz.
Jose-Real: Arxiv: Agar saytning yangi ochilgan vaqtidagi Xudoshukur bo‘lib gapirsam, biz o‘zimizni xuddi ,,bir jangda g‘olib bo‘lgandek xis qilganmiz", 15 kun tayyor deyilgan saytning faqatgina regdan o‘tish qismining ochilishini kutish, CHL finalini kutgandek gap edi. Ishtiyoq juda baland edi, hammada shunday bo‘lgan. O‘sha vaqtda ajratilib hech kim ko‘rsatilmagan, hammaning harakati, fikrlari, fikrlashlari bir xil edi . Shunchaki bugungi kunda biz tajribali sayt a‘zolariga aylanganmiz.
Sayt 2013-yil sentyabr oyida ochilgan bo‘lsa, umumiy maqsad barchada bir bo‘lgan, saytni kuchaytirish va reytingda yuqorilash edi. Alohida hech kimni ko‘rsatmayman, chunki bugungacha ushbu saytga juda ko‘plab do‘stlarimizni ,,kament"lari ya‘ni fikrlar singib ketgan va ularni unutmaslik kerak.
Bugun: Agar bugungi kun bilan gapirsam, men Jozeman))), ya‘ni tajriba oshdi bizda, shuning uchun siz bizni ,,dinozavrlar" deb atadingiz. Aslida bugun ,,saytda eski yuzerlar yo‘q" degan so‘zlarning ko‘p ishlatilishi uydurma va bahona, bugun saytda avvalgi davrlardagidan faqatgina ,,ishtiyoq" yo‘q. Bilasizmi, saytdagi ilk fikrlarimizni o‘zimiz o‘qisak, kulib yuboramiz- nega bunday deganman deb. Ammo bugungi yoshlar fikri va fikrlashi o‘sha davrdagi yangi bo‘lgan bizning fikrlardan ancha kuchli, aniq fikrlar. Shunchaki raqobat va raqobat yaratish uchun ishtiyoq umuman yo‘q. Biz chinakam raqobatda bo'lib turganmiz, doim. Masalan men ,,Eng yaxshi blogger" bo'lish uchun o'zimni ham ayab o'tirmaganman, uxlatmasdim o'zimni. Hozir shunday raqobat yo'q.
Lekin bu borada hozirgi davrni boshqa zamon ekanini va internet ancha o‘sib ketganini men aytgan o‘sha ,,ishtiyoq"ni yo‘qolib qolishining asosiy sababi deb bilaman. Ammo bu degani saytni qayta qizitishning imkoni yo‘q degani emas. Bu yo'lda ,,RealBlancoS.uz xabarlari" asosiy vazifani bajarishiga ishonish mumkin. E'tibor, e'tirof va sizning harakatlaringiz uchun alohida raxmat.
Eski davrda so'z ohirida #Halla Madrid deb qo'yardik, barcha shunday deb chiqib ketardi)))
Don_Ronaldo: Raz-raz... Bu men - Don_Ronaldo. Meni tanigan-tanimagan va unutib yuborganlarga alangalik salom))) Bularni o'qib turgan bo'lsangiz, avvalo chuqur hayajondaligimni inobatga olishingizni so'rardim. Xuddi birinchi maqolamni yozayotgandekman hozir. Ayni damda siz eng qiyin vazifani bajaryapsiz, ya'ni meni o'qiyapsiz. Dunyodagi eng qiyin ish bu - o'qish. Undan ham qiyini allakimningdir o'zi haqidagi zerikarli xotiralarini o'qish. To'g'rida, muallif uchun eng esda qolarli voqealar ham har bir o'quvchi uchun ham birdek qiziq bo'lavermaydi. Bugun esa mendan shunday xotiralar haqida yozishimni so'rashmoqda. Bu ancha yoqimli holat men uchun, boshqa tarafdan esa kimga ham qiziq deb o'ylab ham qoldim. Va shunchaki eski userlar haqida qiziqqanlar uchun ayrim xotiralarni yozishga qaror qildim. 2014-yilda saytda ro'yxatdan o'tganman. Eng birinchi tanigan kishim, ismlari esimda yo'q, Los_Galacticos edi, saytda moderator edilar. Saytga kirishib ketishimga eng katta sabab "foydalanuvchilar reytingi" bo'lgan))) O'shanda 15 yosh edim va bu reyting men uchun "muhim" edi)) Tinimsiz komentlar yozardim: "Salom", "Xayr", "nimaga", "tepaga", "pastga" va hokozolar) Xullas maqsad fikr yozgan holda reytingda yuqorilash edi xolos) Shu orada Xushnud (Xushnud_07), Ilhom (Ilhomdo_2000, Tursunali aka (real_2013) Boymirza aka (Ronaldo1985) kabi foydalanuvchilar bilan do'stlashib oldim. Inson qancha ko'p kitob o'qisa, uning fikrlashi yaxshilanib borgani kabi saytdagi muhit o'laroq siz o'zingizni kitob o'qiyotgandek his qilasiz.Xuddi shunday o'zim ham vaqt o'tib reyting unchalik muhim narsa emasligini, fikrlar sonidan ko'ra sifati muhimroqligini tushunib yetishni boshladim. Shoxzod aka (Bobojonov) armiyagacha ketgach, Ronaldo1985 bilan birgalikda saytga moderator etib tayinlandik. Ular bilan ham qadrdon bo'lib ketgandik, bizni Xasan-Xusan deb chaqirishadigan bo'lishdi)) Keyinchalik Behzod aka (_TashkenT_RMA) o'tkazgan Battle loyihasida omadimni sinab ko'rmoqchi bo'ldim va yakunda 2-o'rin sohibiga aylandim. Bu mendagi maqola yozishga bo'lgan ishonchni oshirdi, undan tashqari, muhlislarga ham ega bo'lib oldim) Adashmasam 2015-yil yakunida blogger sifatidagi ilk maqolamni yozgandim. Ha o'sha "Respect" eng ko'p ovoz yig'gan holda Yil maqolasi sifatida e'tirof etilgandi. Hayotida tuzukroq yutuqqa erishmagan bolakay uchun bu haqiqiy g'alaba edi, men sizlarga aytsam) Sayt bizning uyimizdek edi. U uchun mehnat qilish ham o'zgacha zavq bag'ishlardi. Sayt rivojiga hissa qo'shish maqsadida o'zim ham Battle o'tkazishga qaror qildim, afsuski, texnik nosozliklar tufayli u yakuniga yetmay qoldi. Juda ko'p narsani yo'qotgandek his qildim o'zimni, ayniqsa, "Respect"dan ayrilish juda alamli bo'lgandi( Shunaqa omillar sababli saytga kirish oldingidan "qiyin"roq bo'lib qoldi men uchun. Lekin vaqti kelganda saytga albatta qaytish niyatim bor) Aytgancha, o'sha paytdagi qadrdonlarim, akalarim haqida yozishni ham muhim deb bildim: Tepada sanab o'tganlarim: Ilhomdo_2000, Ronaldo1985, real_2013, Xushnud07, Bobojonovlar va yana qo'shimcha sifatida Jose-Real, Madrissimo, ikerman, mateo, RealBlancos, MISter_MADRIDista, Ilhom3031, R4_RMA, Bukhara_RMA, Ronaldo_9, Umid-shox, B_B_C, GoLdEn_BoY, isco_1999, Malik_real7, Muslim_7, Rondo, Maruf_Jon, Hamidboy, Mansur_92, FC-NASAF kabi userlar bilan bir oiladan ham yaqinroq bo'lib ketganimdan faxrlanib ketaman) Realstar, Real2002, CRonaldu88, Raul-BY kabi yana ko'plab akalarimga saytdagi o'rnimni topib ketishimda yordam berishgani uchun rahmat aytib qolaman. Bundan tashqari, yana anchagina qadrdonlar ro'yxatdan tushib qolishgan bo'lsa, xafa bo'lmasliklarini iltimos qilib qolardim) Sayt bu mening bolaligimga o'xshaydi. Bolalikni qo'msaysan, o'sha damlarni sog'inasan, lekin unga qaytishning iloji yo'q, faqatgina ulg'ayib, ko'p narsalarni farqiga borgan, boshqa tashvishlari ham bo'lgan inson sifatida bolalik ko'chalarini kezib chiqish mumkin. Lekin umid qilamanki saytga qaytishni uddalayman) Hammaga rahmat va omad...
B_B_C: Realga muhlislik qilar ekanman bu klubning boshqa muhlislari bilan do'stlashish,ular bilan suhbatlashish, ularning Real haqidagi fikrlari meni judayam qiziqtirardi o'shanda. Shunda o'zim bilmagan holda(katta ehtimol bilan gluglu orqali bo'lsa kerak)) halamadrid.uz saytiga kirib qolganman. Yangiliklar ostidagi muhlislarning fikrlarini o'qish davomida menda ham ular kabi comment yozishga xohish paydo bo'ldi. Ko'p bora urinishlarimga qaramay u saytda ro'yxatdan o'tolmaganman. Har oyning qaysidir(adashmasam 14-kuni edi) kuni saytda mehmonlar ham fikr yozishlari mumkin degan gapni o'qib qolgandim, ammo shunday bo'lsa ham buning ham ustidan chiqolmasdan va taqdirga tan berib saytni faqatgina mehmon sifatida kuzatib borganman. Keyinchalik bu sayt ochildi. Ammo shunda ham ro'yxatdan o'tishda qiyinchilik bo'lgan. Shunda saytning "Ro'yxatdan o'tishda yordam" degan joyiga kirib adminlarimiz(adashmasam Abdurazzoq aka yoki Zohid aka edilar)ga login bilan parolni sms qilib yuborganman. Loginni tanlashda ham ko'plab variantlar bor edi, lekin o'zimga ko'proq shu yoqqandi. Shu tariqa arang ro'yxatdan o'tganman va yelkamga Qo'qon shamoli tekkanday bo'lgan))O'shanda judayam xursand bo’lib ketgandim
Yaqinda bu oilaning a’zosi bo’lganimga 5 yil to’libdi, ortda qolgan bu 5 yil davomida o’zimga ko’plab do’stlar orttirdim, ular bilan yelkama yelka turib jamoani yaxshi yomon kunlarida birga bo'ldik. G'alabasidan quvondik, mag'lubiyatida birga bo'ldik. Ular orasida har hafta o’yin kunlari avataridagi rasmini almashtiradigan, Real g’alaba qozonishi uchun hattoki sevimli jamoasi ishtirokidagi o’yinlarni jonli efirda ko’rmaydigan haqiqiy muhlislar bor edi))
O'ylashimcha bu 5 yilni dastlabki uch yili saytni har taraflama eng yuqori cho'qqiga chiqqan paytiga to'g'ri keladi, ayniqsa 2016. O'shanda "El Classico", "Battle" kabi lohiyalarda ishtirok etgandim. Ajoyib davrlar edi...
Bukhara_RMA: Avvalam bor etibor uchun raxmat, realblancos.uz saytiga kelish tarixim uff.uzdan boshlangan u yerda hozirgi juda koʻp faxriy userla bor edi shularni kommentlarini oʻqib bir kuni real-madrid.at... shunga oʻxshash sayt borligini bilib qolgandim, adashmasam 2011 yoki 2012-yilmidi ilk bor shu saytga kirgan hozirgi deyarli 70 foiz faxriylar bor edi u saytga, keyin u yopilib ketti uning oʻrniga realblancos.uz ochildi, shu sayt ochilishini adashmasam 2-3 oyla kungandirman. Saytga deyarli har kun kirardim yangilik oʻqish qolib vaqtim kommentlani oʻqish bilan oʻtardi negaki kommentlarni 5-10 tasini bir qilsa bitta maqola boʻlardi qolardi.
Yangilik chiqishini kutardim sababi yangilikni emas unga ostidagi fikrla qiziq edi bahs munozarala qiziq edi, maqola chiqsa bormi bazmi jamshid avjiga chiqardi.
Hozirda saytga uncha kirmaganim uchun saytdagi dinazavrlar niklari ham esda yoq
Deyarli telegramda gaplashib yurganimiz uchun ularni ismlariga oʻrganib ketganman
Xushnud07: Avvalmbor Assalomu alaykum saytdoshlar. Gazetaga taklif qilinganimdan judayam hursandman("chunki bu uchinchi marta gazetaga intervyu berishim))))" ). Saytga kirish tarixim? 2013-yil saytdan bir amallab royhatdan o'tganman, chunki u davrlarda royhatdan o'tish biroz qiyinroq edi. O'sha vaqtlarda saytimiz judayam gavjum bo'lib, turli xil loyihalar bilan barchani saytga kirishga majbur qilardi. Saytda faolligim Beyl bilan bog'liq!) Ha, rostan shundey . Ilk saytdadi bahs-munozara Beyl haqida boshlangan. O'shanda haligacha esimda saytning o'n bir kishilik jamoasiga qarshi o'zim turgandim. Beylni yomonlashlariga chidolmagandim. Shu bilan saytga kirishib kettim. Saytda sherigim bo'lardi Abubakir degan. U bilan har kuni "gap eshitishga dejurniydik ")))), u paytlar sayt faolligidan kim kun dejuri bo'lishiyam yuzerlar bilan kelishvolrdik. Shu yosinda chatga aylanadigan fikrlarimiz teranlasha boshladi, har kuni saytda yangi chexralar, yangi ma'lumot va bir-birini takrorlamaydigan fikrlar bilan saytga kirishga oshiqardik. Umuman olganda bir oila bo'lgandik shu Rbl.uzda. Keyinchalik bloggerlik faoliyati bilan saytda ish boshladim. Shu oilaga nimadir olib kirishga harakat qildim. O'sha paytlar yosh bo'lganim uchun Abdurazzoq aka, Ilhom aka va Mirkomil akalar doim bu faoliyatimi qo'llab turishgan va kerakli maslahatalarini berishgandi. Bloggerlik faoliyati bilan chegaralanib qolishni xohlamadim va buni sayt adminiga yetkazib newsmakerlik faoliyatimi ham olib bordim. Umuman olganda hammasi o'zgacha bo'lgan o'sha vaqtlarda.
Shuncha vaqtni bekor sarflabsan deb oylayotganlar bo'lishi mumkin ba'zilarda! Lekin o'tkazgan vaqtimga achinmayman. Bilasizmi nega? Chunki bu sayt orqali kimidir toyida, kimidir yaxshi kunlarida va yana kimlar bilandir futbol maydonlarida bo'lish nasib qildi. Ular bilan do'st , aka -uka bo'lib ketganmiz hozir. Shu insonlarni topganim uchun bu vaqtlarimi zoye ketgazmaganman deb hisoblayman. Albatta, hammalariga raxmat aytaman, chunki hamma yaqinlarimning munosabati samimiyligidan hursandman.
Ko'p savol berishadi fikrlariz teran deb. Albatta, buning zamirida ilk saytga kirib yurganimizda kattalarning o'gidi (anchagina shirin gaplarni eshitorib, yuzimiz eshakni terisidan qattiqlashib ketganligi) bilan shu darajaga yetdik.
Sayt hozirgi kunda ancha sustlashib qolgan. Buni tan olishimiz kerak. Sababi har xil ijtimoiy tarmoqlar avj oldi, buning zamirida gazeta kabi, internet saytlarining o'rni bir muncha pastlab ketdi. Ammo, saytni oldingi darajasiga olib chiqishimiz o'z qo'limizda. Bunga ishonaman. Qandey qilib? diyishlarin mumkin. Mana qarang, hamma o'sha "dinazavrlar" har kuni saytga kirishlariga aminman, hammalarini vaqti ham bor. Lekin fikr bildirishni xohlamay qolishgan. Shuni bartaraf qilish kerak. Buning uchun saytda qandaydir loyihalarni ixtiro, ba'zilarini esa qaytarish kerak. Olovsiz taom bo'lmagandey, loyihalarsiz yuzerlar ham bo'lmaydi. Albatta barcha birdek harakat qilishsa kutilgan natija yana yuzaga qalqib chiqadi.
Ko'p bor loyihalarga chaqirishyapti saytda. Raxmat shuncha e'tibor uchun. Ammo kichik taklifim bor. Biz bunday loyihalarni ko'pini ko'rdik. Shuning uchun yangi yuzerlarni, hali sayt bilan tanish bo'lmaganlarni keyingi sonlarda taklif qiselar nur ustiga a'lo nur bo'lardi. Sababi yosh paytlarimiz bunday loyihaga kirishni juda ham xohlar edik, lekin bizga e'tibor ham berishmagan. Shu o'zimdan kelib chiqib shu g'oyani bir oylab korselar hursand bo'lardim.
Intervyularda ko'p savol berishgan. Lekin shu savolni ko'p kutaman: saytdan nima topding? . Yuqorida nima topganlarimni aytib o'tdim . Yana bir gap: saytdan ikki judayam yaqin inson topdim o'zimga. Hozir biz aka-ukamiz. Ularning boriga shukur, qiyin damlarimda ham tug'ishganimdek doim yonimda.
Juda ham ko'p gapirvordim)))). Taklif qilganinglar uchun tashakkur.
Xa, bu "dinazavr"larga qo'yib bersak yillab gapirishdan to'xtashmaydi. Qarang, ularning bor yog'i bir nechtasining oddiy bir kamentlari shunaqa, xuddi mini-maqola kabidir. Ular juda ko'p biz faqat sizlarga ularning "o'rmon"da kezib yurganlarini to'xtatib, boshini qotirib fikrlarini eshitdik. Qolganlari ham bugun, ertaga va balki yana bir necha kunlarga biz bilan bo'lib o'z "ertaklar"ini so'zlab berishadi.
Ular nega saytdan ketdi deb o'ylaysiz? Ular qaytishni xohlamaydi deysizmi?
Xohlashadi, ular doim o'zlaring ikkinchi "uy"lari bilan birga, faqat ular kuzatish yo'lini tanlashgan, bunga sabablar juda ko'p, birgina sabab saytdagi "yangi"larning juda qiziqqonligi hamda bo'lar-bo'lmas tortishuvlar ularni shu yo'lni tanlashga majbur qildi. Boshqa sabablar ham bor, ularni "dinazavrlar" o'zlari sizlarga so'zlab berishadi.
BEK_REAL, Boburjon (RAMOS_93), Feruzbek_fc_Real, Outlaw_RMCF, Raul_Madrid, Arbeloa17, Jose-Real, isco_1999, _Tashkent_RMA_, MADRIDista!, Xese_Zoxa_94, Ronaldo7_Mraz7, OrzuRealjon, Realstar, CRonaldu88, inCR7ible (Ronni7), Feruzbek_fc_Real, UChL-10 (11), Sofino, Raul_Madrid, Muslim-cr7, Jaloldooo, Abu_bakr97,Royal-uz, BEK_1993, KaKa_1995, RONNI_7, Real_2013, Antibarsa-7,ikerman, MaDRiSsiMo, Ilhomdo_2000,BoburMirzo, Илхом3031, (inCR7ible), KAKA (Kroos), Ronaldo1985, Don_Ronaldo, Los_Galaktikos, Zidane_1991, nyuton, RealBlancos, Bobojonov bu ro'yhatni juda uzoq davom ettirsa bo'ladi, agar "dinazavrlar"dan yana kimdir qolib ketgan bo'lsa o'sha "dinazavr"larga shuni eslatmoqchimisiz: "siz ham shu insonlar qatoridasiz, faqat juda ko'p bo'lganliklaringiz uchun, sizlarning oyoq izlaringizni topishga biroz qiynaldik)".
Azizlar yuqoridagi insonlarning sayt uchun eng aniq va eng tezkor yangiliklarni yashin tezligida yetkizilib turishi, foydalanuvchilarning muomalasi, yana ularning o'ta zukkoligiga dalolat beruvchi baxs-munozaralar, futbol suhbatlari, sayt adminstratsiyasining jonkuyarligi, fidoyiligi va eng asosiysi sayt a'zolarining o'ta ahil, inoq, huddi bir oiladek bo'la olgani hamda ularning saytga bo'lgan sadoqati kabi omillar saytni hozirgi darajaga olib chiqishda bemisl hizmat qildi! Buni ardoqlashimiz kerak.
Siz bilan suhbatlashib turgan hikoyamiz oxirlab borar ekan, hech ham uni tugatgimiz kelmayotganini aytishimiz mumkin, biroq o'sha "beshavqat" vaqt bizni yana shu joyida to'xtashga undamoqda. Lekin, hikoyamiz so'ngini saytimiz uchun tinim bilmagan insonlardan biri bo'lgan Jose-Real ya'ni Xudoshukur akamizning o'sha mashxur she'rlarini yodga olib yakunlamoqchimiz. Azizlar Realblancos bu bir oila, bizlarni birlashtirgan va birlashtirishda davom etayotgan katta oila, bu oilani himoya qilish esa har birimiz burchimizdir!
"Realblancos"
15 sentyabr ,,oltin kuz” fasli
Real Madrid saytlarining asli!
Bag'riga sanoqsiz yuzerlar qushdi!
www.realBlancos ishga tushdi!
Bir kunda fanatlarin qilib yuz
Faoliyat boshladi RealBlancos.uZ
Ko’p emas 6 kundan keyin uch yuz!
Yanada bag’ri keng RealBlancos.uZ
Xammamiz yig’ilamiz birga bir joyga!
Yangi davr, yangi RealBlancos.uZ ga
Xar joyda oling uning nomin tilga!
Qo’llab quvvatlaylik Real Madridni birga!
Mag’lubiyat.. Durrang…G’alaba
Farqi yo’q, doim birdek qo’llaymiz!
Raqiblarin birma-bir qilib dabdala,
Madrid gimn www.rb.uzda kuylaymiz!
Qadrdonlar uchrashdi yana,
Bir birin ko’rishib deyishdi ana-ana!
So’zlashib bir oz deyishdi yana,
,,Yangi makonga xush keldik mana”!
15- sentyabr yuzerlar uchun ana
Unutilmas, muxim bo’lgan bir sana,
Madridistlar quvonchga to’ldi mana
RealBlancosda doim bo’lar endi tantana!
Muhokama qilamiz!
Sayt haqida, o'tmish, bugun va kelajak haqida, bo'lajak o'zgarishlar haqida, taklif va talablar haqida suhbatlashamiz va albatta bu saytning yangi foydalanuvchisi siz ham bu davrada teng huquqlisiz, keling suhbatga qo'shiling, bugun saytimizni saytimizda muhokama qilamiz!
Vaqt oqar daryo azizlar, 2013-yil, 15-sentabrda tug'ilgan bir bolakay ayni damda kelasi shu oyda maktabda mayda-mayda qadamchalar tashlab ichida to'la quvonch bilan yo'l oladi. Aynan shu bolakayning tengdoshi bo'lgan saytimizning kelajagi hali bundanda porloq bo'ladi deb umid qilamiz!
Bularning barchasi saytimiz nufuzini ko'tarish uchun ! ! !
Umid-shox & Otashbek-1999_REAL
Fikrlar:


Vaybooo hamma yoni kubok bosib ketiptiyu))



Ука. Рамазон ойини ғанимат биляпти кўпчилик. Интернетда бекорчи вақт ўткизме ибодатларни махкам тутяпти ҳамма ИншаАллоҳ. Охирги ўн кунлигидаги ҳайриятдан фойдаланиб қоляпти ҳамма.


Shu siz aytayotgan 3 kun qaytish ham biz uchun eng katta mukofot. Chunki gazetani aynan ularni malum qisqa vaqtga bo'lsada qaytarish uchun tayyorlagandik va bu qaysidir manoda amalga oshdi.
Bo'ldi nuqtaaa ortiqcha gap so'zlarga hojat yoq.


Va aleykum assalom uka raxmat oziz uydegilar tinchmisilar ramazonlar bilan qiynalmey tutyapsilami? Uka shunga aytdimda asabni buzishni xojati yoq etibor bermelar deb

Бобуржон ака Рамос акаа саломатмисиз яна бир бор ? Ака бир мартагинаа тойга отиб койинг деганиздаям бормасагам хар холда бир табриклаб коярдик ака )) яхшимас яхшимаааас ))))
Бобуржон Киргизистондан салом кадрдон яхшимисиз согликлариз узр сизгаям жавоб беролмай колибман! Тузукмисиз оила хотиржамми достим ?
Миркомил ака Ассалому алайкум яхшимисиз ? Сог саломатмисиз ?


ox meni krisalikni yoqlagan akaaammmm))))) siz yolg'iz emasligiyizzi his qilyapsizmi qarang)))
"Biz hali sinmadik, biz hali o'lmadik...... " dermidi))))))

308 dan pastini uqimay turib nega so'kinyapsiz? Balki yaxshi gaplar bo'gandir siz haqizda?
Ko'rib turib ko'rmadim deyish... O'SHA ))))


Krisalikni faqat manga chiqarmagan xommi))))


Xohlashadi, ular doim o'zlaring ikkinchi "uy"lari bilan birga, faqat ular kuzatish yo'lini tanlashgan, bunga sabablar juda ko'p, birgina sabab saytdagi "yangi"larning juda qiziqqonligi hamda bo'lar-bo'lmas tortishuvlar ularni shu yo'lni tanlashga majbur qildi.
-----------------
Gazetada katta katta qilib shu gaplarni yozmaganimdayam mayli ediya, yozmadim bilmaganda deb o'tib ketardim.((( Xullas shu gaplarni o'qib yana bilganini qilganlarga Allohni o'zi muomala madaniyati, kattalarni hurmat qilib, kichiklarni izzat qilish, insoniylik, insof degan xislatlarni bersin. Lekin shu paytgacha berilmagan va olinmagan tarbiya bundan buyog'iga ham olinmasligi aniq, afsus hayot shunday ekan(((


Aslo bólmas Yulduzxon...
Ana Asalhoneyniyam itarishdiku,hammasiga jazo Bor,Nasafiyni Bagirasi udar chiqqan ózini kózi kók bósayam, zakonniy bolalarga bitta gap vapshe malades....
Yux sizlarga Yux... Yana bir bor Qixxxx tfu... Tugadi


Ozodbekka doim qoyil qilganman,v tochku popal...
Bir gap aytayinmi...
Uzrku 1-oylik xizmatga borib kelib poligonda avtomatni tarillagan tovushidan chochigan bolani gaplarini óqib kulgim keldi...
Irish haqida unday bolgan bunday qilishgan deyishga haqqimiz yoq...hech birimizning...
Peshanamizga pistolet yoki avtomat tirashganda ishtonimizni hóllab qoyamiz hammamiz,qahramonlar kinoda boladi,urushda qatnashganlarni kamsitish qórqoq qochoq deyish bizgamas... Xudoning yuborgani tabiat hodisasi shamoldan dirillab qórqqan odamlar urushdan qahtganlarni kamsitishga haqqi yoq....kótida póqi qotib qolib tahoratni Chala qolganlar iltimos qilaman kótingizni yuvib turing sassitib tashlabsiz saytni...Yuxxx sizlarga Yux... Qixxxxx tfu



Узр блогда сўкиниб расво қилдик. Сайт ахли айбга буюрмисизлар. Асабимизга ҳоким бўлолмадик.

Шу ергача хамма сабр қилди. Сен чизиқни босиб ўтдинг ука. Энди бас қил жавобини қўпол оласан хаммадан. Жудаям қўпол ва хунук!

Пиздец бўп кетмагин э! Оғзинга кеганини гапирасан блин. Катта холени уйими бу?! Хамма эркаклар бу ерда! Тарихни ковлаб ақлли бўласан ўзинча. Тарихни т сини билмисан. Мен катта боболарими кўрмаганман уша уруш сабаб! Германия босволиб одамларни ёқиб аёлларни зўрлаб истаганини қиган босвоган жойида. Сен қўрқоқ деган инсонлар опасини онасини синглисини номуси учун чиққан! Далбаёб бўма ўз жонларини сен ва мени бу тинч озод ҳаётимиз учун фидо қиган инсонлар ҳақида гапириб! Жангларни бирортасида ўлмаган Холид р.а. сени мантиғинг бўйича қўрқоқ бўляптими шунда?! Зангладилар дейсанми?! Сен кимсан э?! Одам ўрнида кўриб хурматини қиса чиқволиб калла урасан! Шу блог чиққуничаям ундан олдинам қалбларда бор эдик! Шу сабаб бу блог чиқди. СЕНГА ўхшаган чичқоқлар расво қилдиларинг блогни! Рамазон ойида сўкинтирдинг. Бўлди қил э провокаторликни!

Пиздец бўп кетмагин э! Оғзинга кеганини гапирасан блин. Катта холени уйими бу?! Хамма эркаклар бу ерда! Тарихни ковлаб ақлли бўласан ўзинча. Тарихни т сини билмисан. Мен катта боболарими кўрмаганман уша уруш сабаб! Германия босволиб одамларни ёқиб аёлларни зўрлаб истаганини қиган босвоган жойида. Сен қўрқоқ деган инсонлар опасини онасини синглисини номуси учун чиққан! Далбаёб бўма ўз жонларини сен ва мени бу тинч озод ҳаётимиз учун фидо қиган инсонлар ҳақида гапириб! Жангларни бирортасида ўлмаган Холид р.а. сени мантиғинг бўйича қўрқоқ бўляптими шунда?! Зангладилар дейсанми?! Сен кимсан э?! Одам ўрнида кўриб хурматини қиса чиқволиб калла урасан! Шу блог чиққуничаям ундан олдинам қалбларда бор эдик! Шу сабаб бу блог чиқди. Менга ўхшаган чичқоқлар расво қилдиларинг блогни! Рамазон ойида сўкинтирдинг. Бўлди қил э провокаторликни!



Nargi gapizga javib bering yangi tema ochmay turing) Urushdan qaytganlar qochib kelgan va qoʼrqoqlar haqidagi gapiz


Uka qoysezchi boldida endi maqsad nima ozi??? Nima kerak bu yerda bunaqa negativ komentlar yozib? Eskilarni komentlari yoqmadimi bir-biri bilan aloqasi xurmati yaxshiligi yoqmadimi bu blogga kirmeng eng osoni shuku axir



----
Бобом рахматли 41-йил урушга кетган эканлар. 42 йил яраланиб 7 ой харбий госпиталда даволаниб 43 йил яна урушга кетганлар. 46-Йил қайтиб келган эканлар. 5 йил умрлари урушда ўтган. 23 ёшда урушга кетиб 28 ёшда қайтганлар. Умрларини гуллаган вақти урушда ўтган. Урушдан кейин умрларини охиригача бош оғриғи безовта қилиб келди. Қўшним бор эдилар рахматли. 3 йил урушда юриб бир оёғидан айрилиб кеган. Ёёёшлигимизда ўтиб кетганлар. Аллох рахмат қилсин. Санам хозир улар урушга кетишган ёшда бўлсанг керак. Сааан нима қилдинг шу пайтгача? Хозир диванда ён бошлаб ётиб эшакмийянг билан фикрлаб сассиқ гаплар ёзиб ўтиришинга шароит қилиб берган одамлар сан учун қўрқоқ булдими энди? Саан хозир бир умрлик дард орттириб келиш ёки бир оёқдан айрилиш уёқда турсин ватан учун битта тирноғингни юлиб беришга кучинг етадими? Кечадан бери хайрон булятгандим нега хамма билан урушяпти бу деб. Хозир билдим ақлинг заиф эканини. Тупурдим сани ёзадиган жавобинга. Эссиз умр. Туғулганингда медсестрани қўлидан тушиб кетиб ўлганинг яхши эди...
Uchrashuvlar
Tizimga kirish
Kuchli Fikrlar (qaytmoqda) 50
Oshkora, ahmoqona, to'g'ri haqiqatni himoya qilish lozim! 49
Muxlislarsiz futbol. «Barselona» uchun foydami yoki zarar? 14
Sirli qurollar: La Liganing ushbu mavsumdagi eng yaxshi zahira futbolchilari 3
Marselo va Ramos Xentoni ortda qoldirishi mumkin, Varan esa Di Stefano bilan tenglashib oldi 13
Mushuk, askar va kataloniyalik. “Real” tarixida eng yaxshi darvozabon kim? 16
"FuTBoL VaQTi" Gazetasi: Maxsus son! davomi... 323
Web dasturchi: www.kenjebaev.uz