Habaringiz bor, sayyod.com sayti tomonidan har oyning muborak ilk jum'a kunida ''Fahrli inson'' loyihasi tashkil etiladi hamda unda yurtimiz bo'ylab istalgan ko'ngilli insonlar imkoniyatlariga ko'ra turli kasalliklarga yo'liqqan yosh farzandlar uchun qon yoki dori-darmonlar uchun moddiy ko'mak tarzida pul topshiradilar.
Yodingizda bo'lsa o'tgan 2015-yil noyabr oyining ilk jum'a kunida qadrli saytimizning jonkuyar foydalanuvchilari tomonidan mazkur ''Fahrli inson'' loyihasida RealBlancos.uz (rma.uz) sayti ishtirok etgan va biz bu haqda saytimiz orqali ma'lum qilgan edik. Bundan tashqari noyabr oyidagi tashrifimizga turli sabablar bilan o'z hissasini qo'sha olmagan holda afsuslangan do'stlarimiz uchun bahorning ilk oyidagi dastlabki muborak jum'asida ham mazkur ishni yana bir bor tashkil etish, bu yo'l orqali farzandi kasal lekin davolash uchun qo’li kalta insonlarga yana bir bor moddiy (ko'ngilli holda qon topshirib ham) yordam berish niyatimiz bor ekanini ham aytib o'tgan edik.
Shu munosabat bilan siz azizlardan mazkur niyatimizni amalga oshirishimiz davomida safimizga qo'shilishingizni, imkoniyatingiz darajasida moddiy va ma'naviy yordamga muxtoj yosh bolakaylarning davolanishlari uchun qo'l cho'zishingizni so'rab qolamiz. Bu savobli ishni amalga oshirishda hech kimni majburlash yo'q, ixtiyoriy tarzda qo'shilishni istaganlarni xursandlik bilan kutib olamiz.
"Fahrli inson" loyihasining navbatdagi soni 4-mart jum'a kuni bo'lib o'tadi. Ishtirok etishni istagan ko'ngillilar aynan 4-mart kuni Toshkent shahriga tashrif buyurishlari va qon markaziga saytimiz ma'muriyati bilan borishlari mumkin. Moddiy yordam berishni istaganlar esa Toshkent shahriga imkoniyatlari darajasidagi pul mablag'ini jo'natishlari kerak bo'ladi. Siz jo'natgan mablag'ni biz qabul qilib olgan holda saytimiz va sizning nomingizdan "Fahrli inson" loyihasiga aynan 4-mart kuni yetkazib beramiz.
SHOSHILING!!! VAQT JUDA OZ QOLDI!
Batafsil ma'lumot telegram orqali: +99893 5444044 yoki +99897 7077668
Sayt ma'muriyati
Fikrlar:
Tizimga kirish
Kuchli Fikrlar (qaytmoqda) 50
Oshkora, ahmoqona, to'g'ri haqiqatni himoya qilish lozim! 49
Muxlislarsiz futbol. «Barselona» uchun foydami yoki zarar? 14
Sirli qurollar: La Liganing ushbu mavsumdagi eng yaxshi zahira futbolchilari 3
Marselo va Ramos Xentoni ortda qoldirishi mumkin, Varan esa Di Stefano bilan tenglashib oldi 13
Mushuk, askar va kataloniyalik. “Real” tarixida eng yaxshi darvozabon kim? 16
"FuTBoL VaQTi" Gazetasi: Maxsus son! davomi... 323
Web dasturchi: www.kenjebaev.uz