Qadrli saytimiz foydalanuvchilari va aziz "Real Madrid" jamoasi muxlislari! Saytimiz mana qarib 3 yildan beri faoliyat?yuritmoqda va sizlar bilan o'sha damlardan beri birgamiz. Ko'pchilik bilan esa undan ham oldin birga bo'lib kelmoqdamiz. Sizlarga saytimizda qo'ldan kelgancha xizmat ko'rsatib kelmoqdamiz. Albatta kamchiliklar, noqulaylik ham bor. Agarda saytimizda sizga qaysidir xolat noqulaylik tug'dirayotgan bo'lsa, bizga be'malol murojat qilishingiz mumkin. Buning uchun siz o'ziz uchun qulay bo'lgan ijtimoiy tarmoq "Telegram" orqali bizga murojat qilishingiz mumkin.
Agarda sizda saytimizga o'zgacha taklif bo'lsa yoki qandaydir loyihangiz bo'lsa biz bilan bog'laning, biz albatta loyihangizni ko'rib chiqamiz. Gapni qisqa qilganda?bizga "idea" kerak. Bizdagi hozircha bor idea saytimizning 3 yillik munosabati bilan "RealBlancos.uz" saytining android telefonlari uchun maxsus dasturini ishlab chiqish. Va bu narsa sizlar uchun anchagina qulaylik yaratadi degan umiddamiz. Bu dastur orqali siz saytimizga kirib o'tirmasdan, o'sha dastur orqali xabarlar bilan tanishib borasiz. Shuningdek, biz bilan xamkorlik qilishni istagan kishilarga ham qo'limizni cho'zishga tayyormiz. Agarda biz bilan xamkorlik qilishni istasangiz biz bilan "Telegram" orqali bog'laning.
Shuningdek, saytimizda faol bo'layotgan, mazmunli fikr bildirayotgan ishtirokchilarni ham rag'batlantirishga qaror qildik. (Albatta moddiy tomondan emas). Bu foydalanuvchilarimiz, Real_2002, JR_10 va ko'pchilik "Barselona"?muxlislariga o'rnak bo'layotgan Rondo nomli foydalanuvchilarimizni saytimiz tomonidan berilishi mumkin bo'lgan kubok bilan taqdirladik. Qolgan foydalanuvchilar yoki eski userlar bo'lsa bizdan xafa bo'lishmasligini so'rab qolamiz.?Vaqt o'tgach?sizlarga ham mana shunday kuboklar beriladi. Yuqorida nomi ko'rsatilgan?ishtirokchilar o'zining mazmunli fikrlari bilan saytimizda obro-e'tibor qozonib kelmoqda.
? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? ? Diqqat!
Saytimizda blogger bo'lish istagini bildirayotgan foydalanuvchilar diqqatiga! Agarda siz maqola yozishga "kuchingiz" yetsa sizni saytimizga bloggerlik lavozimiga taklif etamiz. Buning uchun siz bizga o'z maqolangizni yozib Ronaldu_7 manziligia shaxsiy xat orqali yuborishingizni so'raymiz. Maqolangiz "Real Madrid"ga a'loqador bo'lishi shart. Eslatib o'tamiz, bloggerlar soni cheklangan. Maqolalar shu oyning so'nggi kunigacha jo'natilishi kerak. Har bitta ishtirokchining maqolasi saytimiz orqali chop etiladi va hakamlar xayati tomonidan ovoz berish orqali 3 ta blogger tanlab olinadi. Xa, aynan 3 ta blogger! Saytimizda hozirda blogger lavozimini egallab turgan lekin maqola yozmayotgan bloggerlar esa bu lavozimdan ozod etiladi. Xakamlar xayati kim deysizmi? Buni yaqin kunlarda bilib olasiz.
Xa, aytgancha bizga NEWSMAKERlar kerak emas!!!
Telegram: +998937407767 (Shohzod Bobojonov)
?
Fikrlar:
Uchrashuvlar
Tizimga kirish
Kuchli Fikrlar (qaytmoqda) 50
Oshkora, ahmoqona, to'g'ri haqiqatni himoya qilish lozim! 49
Muxlislarsiz futbol. «Barselona» uchun foydami yoki zarar? 14
Sirli qurollar: La Liganing ushbu mavsumdagi eng yaxshi zahira futbolchilari 3
Marselo va Ramos Xentoni ortda qoldirishi mumkin, Varan esa Di Stefano bilan tenglashib oldi 13
Mushuk, askar va kataloniyalik. “Real” tarixida eng yaxshi darvozabon kim? 16
"FuTBoL VaQTi" Gazetasi: Maxsus son! davomi... 323
Web dasturchi: www.kenjebaev.uz