Har bir futbolchi boshqa jamoaga ko'chib o'tar ekan, jamoa muxlislarini yangi mavsumda safga qo'shilgan futbolchining qaysi raqam ostida harakat qilishi qiziqtiradi. Futbolchilar an'anasiga, qiziqishlariga, tug'ilgan kunlari yoki yillariga qarab tanlaydigan raqamlar ham o'z tarixiga ega. Futbolning asosiy ramzlaridan biri hisoblangan raqamlar 1923 yilda "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Herbert Chapman tomonidan o'ylab topildi. Hakamlar, futbol mutasaddilari tomonidan iliq kutib olingan taklif futbolga tatbiq etila boshlandi. Futbolkada raqamlar bilan maydonga tushish "Arsenal"-"Chelsi" o'yinida birinchi bor ro'y berdi. 1939 yilda esa ingliz assotsiatsiyasi raqamlarni rasman tasdiqladi.
Avval boshida maydonga tushadigan 11 futbolchiga 1 dan 11 gacha bo'lgan raqamlar berilardi, zaxira futbolchilari esa mos ravishda 12 raqamdan boshlab maydonga tushishardi. Raqamlar 1 darvozabonga, 2 dan 5 gacha himoyachilarga, 6 dan 8 gacha yarim himoyachilarga, 9, 10, 11 raqamlari hujumchilarga tarzida bo'lib berilardi. Ushbu an'ana hozirgacha deyarli saqlanib qolingan. 90 yillargacha ushbu an'anaga rioya qilishdi. Keyinchalik 1 dan 99 gacha xohlangan raqamni tanlashni futbolchilarning o'z xohishlariga qo'yib berishdi va bu raqam bilan kamida bir mavsum harakat qilish kerak bo'lardi. Biz esa aynan shu davrdan boshlab har bir raqamning mashxur futbolchilari, raqamlarning o'ziga xos ma'nolari haqida ko'rib chiqamiz. Bu har bir futbol ixlosmandi uchun qiziq bo'lishi aniq.
1-raqam. Boshqa raqamlarda mubolag'a bilan gapirishimiz mumkin lekin bu raqam aynan darvozabonlarniki. O'tmishda Lev Yashin, Petr Shmeyxel, Oliver Kan kabi darvozabonlarni shu raqam ostida ko'ra olgan bo'lsak...
Fikrlar:


