"O`yinchilar minbari" loyihasining 1-soni efirda.
Bu loyiha doirasida theplayerstribune.com`da futbolchilar tomonidan yozilgan maqolalar o`zbek tiliga o`girilib, sizlarga taqdim etib boriladi. ThePlayersTribune.Com portalining o`ziga to`xtaladigan bo`lsak, u 2014-yilda tashkil qilingan bo`lib, bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan. Portalning asosiy maqsadi o`yinchilar bilan muxlislar o`rtasidagi o`zaro 'devor'ni olib tashlab, ularni yana-da yaqinlashtirish, futbolchilarning ichki dunyosi va ichki falsafasini ommaga tanishtirish hisoblanadi. Shu maqsadda oldin hech qayerda aytilmagan qiziq voqealar, bolalaik xotiralarini o`yinchilarning o`zlari portalda e`lon qilib borishadi. Qolaversa, portal hodimlari o`yinchilar bilan video-intervyu, podkastlar ham qilishadi.
Demak, 1-sonda "Napoli" futbolchisi Kalidu Kulibalining yozganlari bilan tanishamiz.
"Biz barchamiz aka-ukamiz"
Oʻylashimcha, bolalar kattalarga qaraganda dunyoni yaxshiroq tushunadi. Ayniqsa boshqalar bilan muomala qilganda.
Baʼzida intervyular davomida javob berish juda qiyin boʻlgan savolni soʻrashadi. Ular deyishadi: “Kuli, muxlislar senga irqchilik qilib, uvullashganda oʻzingni qanday sezasan? Bu senga qiyinchilik tugʻdiradimi? O`sha paytda nima qilasan?”
Oʻylashimcha, sen bu hayotda yashab koʻrmaguningcha, buni haqiqatda tushuna olmaysan. Bu xunuk hodisa. Lekin hozir buni sizlarga tushuntirishga harakat qilaman. Chunki buni oʻqigan har bir bolakay tushunishini xohlayman.
Avval, biz nafrat haqida suhbatlashib olishimiz kerak.
Birinchi marta bir necha mavsum ilgari “Latsio”ga qarshi uchrashuvda irqchilikka duch kelgan edim. Toʻp bilan muomala qilgan paytlarim, muxlislarning uvullashganini eshitar edim. Lekin bunga ishonchim komil emas, bu menga shunday tuyilgan boʻlishi ham mumkin ed. Toʻp maydon tashqarisiga chiqib ketganidan soʻng, jamoadoshlarimdan soʻradim: ”Ular bu ishni faqat menga qilishyapti-mi?”
Oʻyin davom etardi. Toʻpga har tekkanimda, baʼzi “Latsio” muxlislari maymunning ovozini chiqarishayotganini sezib qoldim. Bu vaziyatda bir nima qilishing imkonsiz. Men maydonda ular nimani xohlashayotganini oʻylab, shunchaki yurar edim. Oʻzimga aytganlarim hali ham esimda: ”Ular nima uchun bunday qilishyapti? Sababi qora tanli ekanligimmi? Bu dunyoda qora tanli bola boʻlish notabiiy holatmi?”
Sen bu ishni sevganing uchun bu oʻyinni oʻynayotganding, xuddi oldin 1000 marta qilgandek. Sen oʻzingni shikastlangandek his qilasan. Haqoratlangandek oʻzingni his qilasan. Toʻgʻrisi, oʻsha payt oʻzingdan uyalib ketasan.
Shundan soʻng, uchrashuv hakami janob Irrati oʻyinni toʻxtatdi. U mening oldimga yugurib keldi-da, shunday dedi: ”Kalidu, men sen bilanman, qoʻrqma. Kel, hayqiriqlarga nuqta qoʻyamiz. Oʻyinni tugatishni istamasang, meni xabardor qil”
U oʻzini mardonavor tutgandi. Lekin unga oʻyinni tugatmoqchi ekanligimni aytdim. Ular muxlislarga murojaat qilishdi. 3 daqiqadan keyin oʻyin yana davom ettirildi. Ammo hayqiriqlar toʻxtamadi...
Davomini mana bu yerda o`qing->>>
Fikrlar:





Уйнайверади проста кастиляда жарохат олса жалкада асосий жамоадан руйхатдан утказий учун европа иттифокига ЕИ га кирмайдиган давлат фукоралиги булса жамоада лимит бор шу лимитдан ошмаслиги керак булмаса кастиляга равона.
Марсело сингари икки давлат фукоралигини оберса бу лимитни айланиб утади лекин буям осонмас чузилиб кетарканмиш.



бу лимит туфайли булса керак.


Ispaniya soliq idorasi Neymarni qaytarish niyatidagi «Barselona»ni futbolchining qarzdorligidan xabardor qildi.
Idora Neymardan deyarli 35 mln yevro soliq qarzini uzishni talab qilmoqda.
Mundo Deportivo`ning yozishicha, soliqchilar «Barsa»ni Neymar uchun har qanday pul o‘tkazmasi hujumchining hisob-raqamiga emas, balki davlat g‘aznasiga yo‘naltirilishini aytib ogohlantirgan.
Shu tariqa, agar Ispaniya chempioni braziliyalik sobiq o‘yinchisi bilan qayta shartnoma tuzsa va u soliqlar bilan bog‘liq muammosini o‘zi hal etmasa, u holda klub Neymarga to‘laydigan maosh va mukofotlar uning qarzi yopilmagunga qadar davlat tomonidan yechib olinaveradi.
Bu holat Neymarga da’vogarligi aytilayotgan «Real»ga ham taalluqli.
Soliq muammosi, qolaversa, «Barselona» o‘tgan hafta Antuan Grizmann transferini yakunlagani Neymarning Ispaniyaga qaytishini murakkablashtiradi.
Qayd etish joiz, Neymarning o‘z yurti Braziliyada ham soliqlar bilan bog‘liq muammolari mavjud. Soliqchilar Neymar 2013 yilda «Santos»dan «Barselona»ga o‘tganida 40 mln yevro bonus olgani bilan bog‘liq ishni tekshirish doirasida uning 16 mln yevroga yaqin qiymatdagi 36ta mulk ob’ektini muzlatib qo‘ygani bir necha kun oldin ma’lum bo‘lgandi.