"O`yinchilar minbari" loyihasining 2-soni efirda.
Bu loyiha doirasida theplayerstribune.com`da futbolchilar tomonidan yozilgan maqolalar o`zbek tiliga o`girilib, sizlarga taqdim etib boriladi. ThePlayersTribune.Com portalining o`ziga to`xtaladigan bo`lsak, u 2014-yilda tashkil qilingan bo`lib, bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan. Portalning asosiy maqsadi o`yinchilar bilan muxlislar o`rtasidagi o`zaro 'devor'ni olib tashlab, ularni yana-da yaqinlashtirish, futbolchilarning ichki dunyosi va ichki falsafasini ommaga tanishtirish hisoblanadi. Shu maqsadda oldin hech qayerda aytilmagan qiziq voqealar, bolalaik xotiralarini o`yinchilarning o`zlari portalda e`lon qilib borishadi. Qolaversa, portal hodimlari o`yinchilar bilan video-intervyu, podkastlar ham qilishadi.
Demak, 2-sonda "Real" futbolchisi Luka Yovichning yozganlari bilan tanishamiz.
Ola, Madrid!
Baʼzan men shu bilan tugʻilganman deb oʻylab qolaman.
Har kim hayotga aniq bir iqtidor bilan dunyoga keladi. Oʻylashimcha, mening qobiliyatim - gol urish.
Qanday qilib hujumchiga ayolganimni bilmayman, lekin esimni taniganimdan beri, gol urish haqida oʻylayman. Bolaligimda 2006-yilgacha boʻlgan barcha JChdagi gollar yozilgan 2 ta video-kassetam bor edi. Men Rojer Millaning Kameronga 90-yilgi JChdagi golini yaxshi eslayman va albatta Ronaldo - orginal Ronaldo. U darvozabonlarni aldab ketishinI qanday qilarkan deb oʻylab qolardim. Yaxshi eslayman, bi juda tez sodir boʻlgandi, huddi sehirgar tryuklaridek. Men uyda Ronaldo singari harakatlanishni mashq qilardim. Uning oʻyin uslubi va oʻziga boʻlgan ishonchi men uchun daraja boʻlib qolgan.
Oʻylashimcha, murabbiylarim mendagi hujumchilik instinktini koʻrishgan. Chunki ular birinchi futboldagi qadamlarimdanoq meni hujumchi pozitsiyasiga qoʻyishgan. Otam Loznichadagi “FK Olmadinach” klubiga olib boradi va u yerdagi hamma narsa koʻkligi hali ham esimda.
Maydon atrofi koʻk rangdagi panjara bilan oʻralgandi. Maydon qarshisida kichik mehmonxona joylashgan boʻlib, u ham koʻk rangga boʻyalgandi. Men hayratda edim. Agar bu uning rasmini koʻrsangiz, kulgan boʻlardingiz. Chunki u juda kichkina maydon edi. Lekin bu men uchun birinchi haqiqat futbol maydoni edi.
Yoshligimda,dunyodagi barcha maydonlar atrofi koʻk rangdagi panjaralar bilan oʻralgan deb oʻylaganman. “Srena Zvezda”ga oʻtganimdan keyin, futbol olamida boshqa ranglar ham borligini anglaganman.
Men Batar degan joyda ulgʻayganman. Siz bu joyni bilmasangiz - xavotirlanmang. Bu juda kichik joy, 105 uy joylashgan qilshloq. Lekin bu joy men uchun qadrli. Batarlik bir odamni aytgan soʻzlarini yaxshi eslayman: “Parijdan Batar chiroyliroq”. Men ham bu joyni huddi shunday koʻraman. Bu yerdagi deyarli barcha qishloq xoʻjaligi bilan mashgʻul boʻladi. Agar ulardan nimaga ishonishlarini soʻrasangiz, ikkita narsani aytishadi: Qattiq mehnat qil va katta orzu qil. Batardagi har kim bolalarini universitetda oʻqitish yoki katta shaharga ketib ishlashi uchun oʻzi toʻplagan barcha pullarini sarflashardi.
Men bilan ham shunday boʻlgan edi .... >>> davomini o`qish uchun bu yerga bosing <<<
MISter
Fikrlar:

Karim Benzema copy version))))



Qayerda yozib qo'yibdiyu chiroyli futbol ko'rsatgan jamoani muxlislari o'yinni xotirjam ko'radi deb o'sha Liverpul xam xujumkor o'yinini deb 3 ta gol ursa keyin 4 tani qo'yvorardi ortda qolgan mavsumda esa Liverpul xech qanaqasiga xujumkor futbol qimadi faqat PSJ va Barsaga qarshi o'yinlarni xisobga omaganda


Butun mavsumni chiroyli futbol öynab yakunda chempionlikni olsa ham bölarkanu (liver)
Biz shu tomonini öylayapmiz kuboklarni yutdik endi muxlis bölib maza qilib fudbol köraylik bizham. Qachongacha yurak hovuchlab fudbol köramiz.





Ana endi xoxlaganingizcha meni fikrimni ham Zidanni ham yomonlayvering men himoya qilaveraman faqat mavsum oxirida ham shu uerda bo'ling u payt men sherga aylanaman


Salah ham xudi shunday o'ng qanotni ancha kuchaytiradi lekin Realni lideri bo'lolmaydi Realni yetaklolmaydi lekin foydali futbolchi bo'ladi
Neymar va Mbappe esa Neymar chap qanotni kuchaytirib ham Realga liderlik qila oladi yetakchilik qila oladi Mbappe esa o'ng qanotni kuchaytirib ham xujumni kuchaytirib Realni lideri bo'la oladi yetakchilik qobiliyati bor Realni yetaklay oladi...


Realni 3 marta CHLni olishiga Zizuni hissasi katta buni inkor qilmayman. Shunchaki Liverpuldek Jangovor jamoa tuzishini hohlayapman bizham Barsani yirik hisoblarda yutaylik deyapman.
Tarkibga qarasak közimiz quvnaydi zör fudbolchilar bor deymiz. Lekin öyini körib könglimiz ayniydi. Bu qachongacha davom etadi ??
Mavsum endi bowlandi sabr qilaylikchi. Jöjani baxorda sanaymiz. Zizuga omad chiroyli fudbol öynatadi dep umid qipqolamiz.





Töğri bu örtoqlik öyini kechagi natijaga köpham siqilmadim shunchaki ishtiyoqsiz fudbolchilar va shunday böliwiga sababchi bölyotgan murabbiydan jaxlim chiqyapti.



Transferni qöying Liverni tarkibini qarang. Endi Realnikiga qarang qaysi biri kuchli ?
Shu Klopni Realga opkelinsa bu fudbolchilani tagiga öt qöyvoradi Karim Vazkezga oxwagan lattalani ketiga tepib arendada yurgan futbolchilani yiğib ikki ta teng kuchli tarkib qilib raqiblani ezib tawaydi shu murabbiy.
Zidan bunday qilolmaydi. Shuni aytyapman gap murabbiyda dep
Uchrashuvlar
Tizimga kirish
Kuchli Fikrlar (qaytmoqda) 50
Oshkora, ahmoqona, to'g'ri haqiqatni himoya qilish lozim! 49
Muxlislarsiz futbol. «Barselona» uchun foydami yoki zarar? 14
Sirli qurollar: La Liganing ushbu mavsumdagi eng yaxshi zahira futbolchilari 3
Marselo va Ramos Xentoni ortda qoldirishi mumkin, Varan esa Di Stefano bilan tenglashib oldi 13
Mushuk, askar va kataloniyalik. “Real” tarixida eng yaxshi darvozabon kim? 16
"FuTBoL VaQTi" Gazetasi: Maxsus son! davomi... 323
Web dasturchi: www.kenjebaev.uz