Final oldidan Marselo intervyu berib o'tdi.
"Juda uzoq yillardan beri musoboqada o'ynab kelmoqdamiz va finalga yetib kelish naqadar muhimligini yaxshi xis qilamiz. Ajoyib mavsum o'tkazdik va finalga chiqishga munosib edik. O'yinchilar Chempionlar Ligasini uchun tayyor va uni yutishni xohlashmoqda"
“Real Madridni qanchalik yaxshi ko'rishimni hamma yaxshi biladi. Fluminense va Madrid menga barcha narsani bergan. Boshqa narsa deya olmayman. (Madriddan ketishi haqida) Finaldan keyin ko'ramiz nima bo'lishini".
Benzema haqida
“Karim haqiqiy yetakchi. Anchadan beri yaxshi o'yinlarni o'tkazib kelmoqda. Uning borligi jamoaga yordam berib kelmoqda"
Final oldidan hayajon haqida
“Hayajon bo'lishi tabiiy. U maydonga tushish bilan yo'qoladi".
Braziliyalik futbolchilar haqida
“Championlar Ligasi finalida braziliyaliklarning bo'lishi har doim davlatimiz uchun faxr bo'lgan. Qancha ko'p braziliyalik ligada to'p sursa, shunchalik hursand bo'laman Ularga aytar gapim: Chempional Ligasi finalidan roxatlaning"
Anchelotti haqida
“Anchelottini 8 yildan beri bilaman. Uning qo'l ostida o'ynash mening omadim desa bo'ladi. Futbolni juda yaxshi tushunish bilan birga, u kiyinish xonasini ham yaxshi boshqaradi. O'ylashimcha, bu mavsum deyarli muammolarga uchramadik va buning sababchisi murabbiy deb o'ylayman."