Karlo Anchelotti Gabriel Jezusni "Real"da ko'rmoqchi.
GOAL nashri xabariga ko'ra, madridliklar ustozi Jezus bilan bog'lanib, uni "Real Madrid"ga o'tkazishdan manfaatdor ekanini aytgan.
Jezus "Real Madrid"ga o'tishni xohlaydi. U "Manchester Siti"da qolishni rejalashtirmayapti va bu haqda bosh murabbiy Pep Gvardiolani xabardor qilgan.
Oldinroq "Arsenal" hujumchi uchun 50 million yevro taklif qilgandi, ammo "Manchester Siti" uning uchun 60 million yevro olmoqchi. Bundan tashqari, 25 yoshli futbolchi London klubiga o'tishni istamayapti, chunki u keyingi mavsumda Chempionlar ligasida o'ynamaydi.
Xabar qilinishicha, Jezusning "Real Madrid"ga o'tishiga to'siq Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lmagan mamlakatlarda tug'ilgan futbolchilar uchun kvota bo'lishi mumkin. Hozirda tarkibda Vinisius Junior, Rodrigo Goes va Eder Militao egallab turibdi. Madridliklar Vinisiusning transfer oynasi boshlanishiga qadar Ispaniya pasportini olishga ulgurishiga umid qilgandi, ammo bu jarayon cho‘zilib ketdi.
25 yoshli forvard o‘tgan mavsumda “Manchester Siti” safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bobojonov
Fikrlar:











